Joriy yilning 28 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Qirg‘iziston Respublikasi Oliy sudi hamda Germaniyaning halqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalar uchun sud qarorlarini tuzishda tajriba almashishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Germaniyalik ekspertlar, O‘zbekistonlik va Qirg‘izistonlik sudyalar hamda sud hodimlari ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda ochiqlik va oshkoralik asnosida olib borilayotgan siyosat natijasida sudyalar ham hozirda aholi va OAV vakillari bilan doimiy muloqot qilib kelmoqdalar. Uchrashuvlar jarayonida ko‘tarilayotgan masalalar asosan sud qarorlari bilan bog‘liq bo‘lib, aynan ularning mazmun-mohiyatini to‘liqroq tushuntirish va aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilmoqda. Shu bois ham mazkur tadbir o‘zining ahamiyatliligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
Taʼkidlash joiz, eng asosiysi, sud qarorlari qonuniy, adolatli va asoslantirilgan bo‘lishi joiz. Shu bois ham sudya oldidagi yechimini kutib turgan har bir masala o‘ziga xosligi bilan ajralib, suddagi tortishuvlar, har bir aniq ish yuzasidan aniqlangan holatlardan kelib chiqib, keltirilgan dalillarga va eng muhimi, qonunlarga asoslanadi. Yaʼni, o‘xshash nizo bo‘yicha sud qarori yuqoridagilarni inobatga olgan holda aynan shunga o‘xshash nizo yuzasidan chiqarilgan qarorga to‘liq mos bo‘lmasligi mumkin.
Bunda albatta protsessual qonunlarda sud qarorlariga nisbatan umumiy talablar o‘rnatilganini va ularga sudyalar tomonidan qatʼiy amal qilinishi lozimligini alohida taʼkidlash joiz.
Mazkur seminarning asosiy maqsadi - ushbu masalada malakali sudyalar bilan fikr almashish va imkon qadar tizimlashgan qarorlar qabul qilishga oid takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Seminar davomida qatnashchilarga fuqarolik ish yurituvida sud hal qiluv qarorlarini tuzish metodikasi bo‘yicha Germaniya tajribasi haqida Germaniyaning Oldenburg shahridagi birinchi instansiya sudi sudyasi Xorst Frels maʼruza qildi. Bu, o‘z navbatida, xorijiy tajribani milliy amaliyot bilan taqqoslab o‘rganish imkoniyatini yaratdi.
Shuningdek, seminarda sud hal qiluv qarorlarini tayyorlash, hal qiluv qarorlarining sifatini tartibga solish bo‘yicha talablar, xalqaro va milliy sudlarimizning tegishli qoidalari va amaliyotiga oid masalalar muhokama qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati