“Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘z faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan chora-tadbirlarning ijrosi qay tarzda amalga oshirilayotgani, bu boradagi kamchilik va sustkashliklarga barham berish, Strategiyada belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida 50 dan ortiq davlat, nodavlat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish haqida Memorandumlar imzolagan.
Joriy yilning 14 oktyabr kuni Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan ham ana shunday Memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
– Ushbu Memorandum imzolanishining bugungi tarixiy kun – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan saylangani haqidagi xushxabar tarqalgan sanaga to‘g‘ri kelishida ham o‘ziga xos mazmun-mohiyat mujassam, – dedi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov o‘z so‘zida. – Zero, bola huquqlari inson huquqlarining eng muhim ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan ajralmas tarkibiy qismidir. Keyingi vaqtlarda O‘zbekistonda bu sohada amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham haqli ravishda eʼtirof etilmoqda. Jumladan, milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilingan BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qoidalariga qatʼiy amal qilinayotgani, voyaga yetmaganlarning huquq-manfaatlari sohasidagi qonunchilik asoslari xalqaro standartlar talablari asosida mustahkamlab borilayotgani, bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlari amalda taʼminlanayotgani shular jumlasidandir. Bugungi Memorandumni imzolashdan maqsad esa, mamlakatimizda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda aholining bola huquqlari sohasidagi ijtimoiy tafakkurini oshirishga ko‘maklashish, bola huquqlarini himoya qilish milliy institutlarining rolini yana-da kuchaytirish, bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini yana-da kengaytirishdir.
– Mamlakatimiz aholisining 40 foizidan ortig‘ini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, – dedi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova. – O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi 70 dan ortiq xalqaro shartnomaga aʼzo bo‘lgan, mamlakatimizda bola huquqlarini taʼminlash va himoya qilish sohasida mustahkam milliy huquqiy baza ham yaratilgan.
Biz o‘z faoliyatimizda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilish kafolatlarini taʼminlash, himoya qilish mexanizmini takomillashtirish, bolalar va ularning qonuniy vakillari orasida tushuntirish ishlarini olib borish, davlat hokimiyati organlari, mahalliy hokimiyat organlari, jamoatchilik va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga ko‘maklashish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar bilan shug‘ullanamiz. Bola huquqlari sohasida Harakatlar strategiyasi doirasida belgilangan maqsad-vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan o‘zaro hamkorlik qilish biz uchun ahamiyatli va ishonamanki, birgalikdagi bu saʼy-harakatlarimiz samarali bo‘ladi hamda kutilgan natijalarni beradi
Shundan so‘ng “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolashdi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, xususan, fuqarolar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida bolalarning huquq-erkinliklarini ishonchli himoya qilishni yana-da kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish hamda sohaga oid qonunchilikni yana-da takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, hamkorlikda konferensiya, seminar-trening, davra suhbatlari va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etib borish nazarda tutilgan.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.