Maʼlumki, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida so‘nggi yillarda respublikada eksport faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy usullari joriy etilmoqda.
Xususan, O‘zbekistonda xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish, milliy mahsulotlarni xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish, xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarida ishtirok etish, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini olib borish, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial bozorlarda ilgari surish bo‘yicha eksport qiluvchilarga amaliy moliyaviy ko‘mak berish mexanizmi yaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi saʼy-harakatlar joriy yilda ham izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 112-bandida eksportyorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yagona tizimini joriy etish chorasi belgilangan edi. Bu borada qabul qilinishi mo‘ljallangan normativ-huquqiy hujjatda eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligini tashkil qilish, eksportyorlar uchun kredit olishda kafillik berish, kredit xarajatlari bir qismini qoplashni Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi zimmasiga yuklash hamda eksport qilishda zamonaviy sug‘urta xizmatlarini joriy etish va amalda qo‘llash masalalari nazarda tutilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni Davlat dasturining 112-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 yanvarga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan eksport qiluvchilarga, shu jumladan, asosiy faoliyat turi savdo-vositachilik bo‘lgan eksport qiluvchilarga:
eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lar uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banki tomonidan belgilangan kredit foiz stavkasi va miqdoridan qatʼi nazar:
milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 10 foiz banddan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
chet el valyutasidagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 5 foiz banddan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etish;
tijorat banklarining eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lari uchun beriladigan kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik berish;
ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lsa, avval olgan kreditlari bo‘yicha qarzdorligi bo‘lishidan qatʼi nazar, eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha olinadigan kreditlari bo‘yicha mazkur bandda belgilangan miqdorlar va shartlarda kompensatsiya va (yoki) kafilliklar taqdim etish;
taqdim etiladigan kafilliklar bo‘yicha komissiya to‘lovlarini ikki baravarga kamaytirilgan miqdorda undirish tartibi o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda:
tijorat banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar ajratish;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan eksportoldi moliyalashtirish uchun mablag‘lar jalb etish ishlarini tashkillashtirish.
Farmonga muvofiq, Agentlikka yuklanayotgan qo‘shimcha vazifalarni amalga oshirish uchun uning huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda resurs bazasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladigan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi:
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan 100 million AQSH dollari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va xususiy moliya kompaniyalarining qarzlari;
Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mazkur hujjatda yana quyidagilar belgilab qo‘yildi:
Ushbu Farmonda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabrdagi PF–5587-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi xomashyo tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Agentlik tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun bir martalik moliyaviy resurslar 1 million AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda hamda bir yilgacha muddatga taqdim etiladi;
Agentlik tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditni to‘liq so‘ndirmagan eksport qiluvchi uchun bunday moliyaviy resurslar ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi;
tijorat banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari Agentlik tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan moliyalashtirilganda, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiyalar taqdim etilmaydi.
Farmonga muvofiq, uch oy muddatda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, eksport qiluvchilarning tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishning diversifikatsiyalangan vositalari to‘plami ishlab chiqiladi va tijorat banklari amaliyotiga joriy etiladi.
Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda Agentlik tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar taqdim etish tartibini tasdiqlaydi.