Joriy yilning 11 noyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Jahon banki hamkorligida amalga oshirib kelinayotgan “O'zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi doirasida mahalla fuqarolar yig'inlari raislari orasida o'tkazilgan so'rovnoma hamda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida O'zbekistonda COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlariga oid olib borayotgan tadqiqotlar natijalariga bag'ishlangan onlayn-seminar bo'lib o'tdi.
Tadbirda vazirliklar, idoralar, ilmiy markazlar, institutlar, xalqaro tashkilotlarning 200 nafarga yaqin vakillari va ekspert-mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov, Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantonavelli so'z olib, “O'zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi doirasida hamkorlikda olib borilayotgan tadqiqotning maqsadi va ahamiyati haqida ishtirokchilarga ma'lumot berishdi.
Ta'kidlanganidek, “O'zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi doirasida bugungi murakkab vaziyatdan kelib chiqib, COVID-19 pandemiyasi ta'siriga qarshi tezkor ta'sir choralarini ko'rish, tegishli siyosiy qarorlar qabul qilishda ularning fuqarolar farovonligiga ta'sirini baholash naqadar muhimligini hisobga olib, “COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy va ijtimoiy ta'siri” hamda “COVID-19 pandemiyasining jamiyat darajasidagi ta'siri xatarini dinamik ravishda aniqlash” bo'yicha texnik hisobotlar tayyorlandi.
Mazkur hisobotlarda hukumat organlari vakillariga chora-tadbirlarning ustuvorlik darajasini belgilash hamda ko'proq ehtiyojmandlarni qo'llab-quvvatlashiga imkon yaratib berish maqsadida COVID-19 pandemiyasining fuqarolik yig'inlari darajasidagi ta'siri xavfining omillarini aniqlashdan iboratdir. Jumladan, ularda:
- Dunyodagi va O'zbekistondagi iqtisodiy-ijtimoiy holat,
- Keksa yoshdagi va nogiron aholi;
- Iqtisodiy omillar;
- Ijtimoiy yordam va pul o'tkazmalari;
- Sog'liqni saqlash;
- Migratsiya;
- Moddiy farovonlik, kambag'allik, o'rtacha jon boshiga kunlik iste'mol kabi mavzularga alohida e'tibor qaratilgan.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalari ham yuqoridagi mavzuning mantiqiy davomi bo'lib, mazkur tadqiqotda:
- COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelayotgan umumiy muammolar;
- Aholi salomatligi va jamiyat xavfsizligini ta'minlash;
- Mehnat bozori, bandlik va ish o'rinlari;
- Oziq-ovqat xavfsizligi;
- COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq ijtimoiy yordam;
- Migratsiya va boshqa muhim mavzularga e'tibor qaratilgan.
Tadbirda, shuningdek, BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi vakillari, xalqaro va milliy ekspertlar, mutaxassislar O'zbekistonda COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari yuzasidan asosiy xulosalarni bayon etishdi.
E'tirof etilganidek, 3670 nafar respondent – ya'ni mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, ularning o'rinbosarlari va mutaxassislari o'rtasida 2020 yil may-iyun oylarida o'tkazilgan tadqiqot qat'iy karantin sharoitida mahallalarning umumiy farovonligi, jumladan, ayrim tarmoqlar, turli ijtimoiy guruhlar va ayniqsa, ayollar uchun uning oqibatlarini baholashga qaratilgan. Tadqiqot davomida mahallalarning yordamga muhtoj aholiga eng ko'p ijtimoiy ko'makni samarali yetkazib berish imkoniyatlari ham ko'rib chiqilgan.
Tadbir davomida, shuningdek, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari vakillari o'z yo'nalishlarida ushbu sohada olib borilayotgan choralar xususida taqdimot o'tkazdilar.
Tadbir qizg'in muhokamalar, bahs-munozaralar, taklif-mulohazalar, savol-javoblarga boy bo'ldi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati