2020 yilning 13 noyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda YTB turk tashkiloti (Xorijdagi turklar va qardosh jamoalar uchun prezidentlik) hamkorligida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv avvalida YTB turk tashkiloti Prezidenti, janob Abdulloh Eren, o'zbek va turk xalqlarini ko'hna tarix va mushtarak madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog'lab turishini ta'kidlab, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar, xususan, keyingi to'rt yil ichida mamlakat tomonidan erishilgan yutuqlarga yuqori baho berdi.
Uchrashuvda YTB tashkiloti, uning faoliyat yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Unda aytilishicha, mazkur tashkilotga 2010 yilda asos solingan bo'lib, uning asosiy faoliyat yo'nalishi xorijda yashayotgan turklarning madaniy merosini qo'llab-quvvatlashdan iborat. Tashkilot yoshlarga qaratilgan qator loyihalar, jumladan madaniy ekskursiyalar, kasbiy tayyorgarlik dasturlari, Turkiya oliygohlarida tahsil olish uchun grantlar ajratish, madaniy sayohatlarni amalga oshiradi.
Shuningdek, tashkilotning yana boshqa bir faoliyati — Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlari bilan mustahkam aloqalarni o'rnatishdan iborat. Shu munosabat bilan YTB 2011 yildan buyon turk davlatlaridan Turkiyaga ta'lim olish uchun kelgan xorijlik talabalarga stipendiya dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.
Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, turk hamkorlarga “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyat yo'nalishlari hamda istiqboldagi vazifalari haqida atroflicha ma'lumot berdi hamda Markaz YTB turk tashkiloti bilan turli loyihalar doirasida hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini alohida ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi YTB turk tashkiloti bilan bir qator tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati