Joriy yilning 26 noyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida, BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha vakolatxonasi, BMT Demokratiya jamg'armasi va Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI) xalqaro nodavlat tashkiloti ko'magida “Jazoni ijro etish tizimi faoliyati: xalqaro standartlar hamda xorijiy va milliy tajriba” mavzusida onlayn hamda oflayn tarzda o'quv-seminar tashkil etildi.
O'quv-seminar Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari rahbarlari hamda Ombudsman Kotibiyati xodimlari uchun o'tkazildi. Undan ko'zlangan maqsad, jazoni ijro etish muassasalari rahbarlari va xodimlariga jazoni ijro etish muassasi faoliyatiga oid xalqaro standartlar va ilg'or xorijiy tajribalar, xususan, jazoni ijro etish muassasalaridagi menejment va servis dasturlarini tashkil etish, qonuniy tarzda tartib-intizomni ta'minlash, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashda samaradorlikka erishish yuzasidan ko'nikmalarni oshirishdan iborat bo'ldi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov so'z olib, yangi O'zbekistonda inson huquqlarini ta'minlash ustuvor vazifa etib belgilanib, mazkur yo'nalishda aniq chora-tadbirlar ko'rilayotganligini, buning natijasini O'zbekiston rahbarining yuqori minbarlardan turib inson huquqlarini ta'minlashga doir ilgari surayotgan tashabbuslari ma'qullanayotgani, davlat dasturlarida bu borada alohida bandlar belgilanayotgani, qonunchilikning takomillashayotgani, lozim bo'lgan institutsional o'zgarishlar amalga oshirilayotgani, inson huquqlarini ta'minlashga doir nufuzli хalqaro anjumanlarning O'zbekistonda o'tkazilayotgani, dunyoning oliy organlariga O'zbekistonning nomzodi ma'qullanayotganida ko'rishimiz mumkinligini qayd etdi.
E.Tulyakovning ta'kidlashicha, eng asosiysi, inson huquqlarini ta'minlashda yanada ochiqlikka erishildi, hozirda bu boradagi nazorat nafaqat davlat organlari, balki jamoatchilik tashkilotlari tomonidan ham faol o'rnatilmoqda, xususan, so'nggi paytlarda OAV tomonidan inson huquqlarining buzilishiga doir turli materiallar e'lon qilinganligi, uning natijasida tegishli mutasaddi rahbarlarga choralar ko'rib kelinayotgani, jamoatchilikning islohotlardagi nufuzi yanada ortib, davlat organlarining yanada mas'uliyatli bo'lishlarining nazorati kuchayayotganini bildiradi.
Tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) huzuridagi qiynoqlarning oldini olish bo'yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari to'g'risida ma'lumot berilib, monitoring guruhlarida fuqarolik jamiyati instituti vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolari ishtirok etayotgani ta'kidlandi.
Qayd etilganidek, Vakil huzuridagi Milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat ko'rsatuvchi ekspert guruhi tomonidan joriy yilning o'n oyi davomida tergov hibsxonalari, ozodlikdan mahrum etish joylari va shaxslar turgan, o'z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan boshqa joylarda jami 68 ta monitoring o'tkazildi. Monitoring tashriflari davomida tergov hibsxonasi va ozodlikdan mahrum etish joylardagi 3700 dan ortiq shaxslar bilan jamoaviy uchrashuvlar va 534 ta shaxs bilan yakka tartibdagi suhbatlar o'tkazildi.
Seminar qizg'in muhokamalar, bahs-munozaralar, taklif-mulohazalar, savol-javoblarga boy bo'ldi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati