Ma'lumki, ayni vaqtda Harakatlar strategiyasining 2021 yil uchun Davlat dasturi loyihasini tayyorlash ishlari boshlangan.
Ushbu jarayonda fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doiralari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Aytish joizki, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining taklif.strategy.uz maxsus sayti orqali ham Davlat dasturi loyihasiga takliflar qabul qilinmoqda.
Shu bilan birga, jamiyatning eng faol a'zolaridan hisoblangan OAV xodimlari, jurnalist va blogerlarning takliflari ham, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega. Shu sababli “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan OAV xodimlari, jurnalist va blogerlardan kelgusi yil Davlat dasturi loyihasiga takliflar olish maqsadida maxsus tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda jurnalist va blogerlar Davlat dasturi loyihasiga o'z takliflari bilan faol ishtirok etishdi. Takliflar, asosan, iqtisodiy, ijtimoiy, xususan, ta'lim sohalariga oid bo'ldi, aholini o'ylantirayotgan bir qator masalalar tilga olindi, ularni hal etish mexanizmlari ilgari surildi, xususan, bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasidan aniq misollar keltirildi.
Tadbir yakunida 2021 yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan amaliy ishlar yuzasidan jurnalist va blogerlar bundan keyin ham jamoatchilik fikrini o'rgangan holda qo'shimcha takliflarni “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga taqdim etishlari kelishib olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati