“Taraqqiyot strategiyasi” markazi O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiyasi hamda USAIDning huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorlikda “Ayollarga nisbatan zo'rovonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi doirasida onlayn va oflayn uchrashuv o'tkazildi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, USAIDning huquqiy islohotlar Dasturi vakillari, vazirlik, idora va tashkilotlarda gender tengligini ta'minlash bo'yicha mas'ullar ishtirok etdi.
Uchrashuvda davlat organlarida ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarini ta'minlash sohasidagi vakolatli shaxslarning salohiyatini oshirish va gender tengligi va zo'ravonlikka qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlari, jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni keng targ'ib qilindi.
Ta'kidlanganidek, keyingi yillarda O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi tub islohotlardan pirovard maqsad, eng avvalo, inson huquq va manfaatlarini to'liq ro'yobga chiqarishdan iborat. Bu o'rinda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalasiga ham alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Mamlakatimiz Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi, Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi, Bir xil qiymatga ega bo'lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni rag'batlantirish to'g'risidagi, Onalikni muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiyalarga, Pekin platformasi va Harakatlar rejasi kabi xalqaro hujjatlarga qo'shildi.
Shuningdek, bu borada milliy qonunchilik bazasi xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga hamohang tarzda tobora mustahkamlanib borayotgani, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi Qonunlarning qabul qilingani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlab, ularning jamiyatdagi o'rinini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani e'tirof etildi.
Tadbirda xotin-qizlarga nisbatan har qanday zo'ravonliklarning oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilishda ayollarning muammolari haqida o'z vaqtida xabar topish va tegishli idoralar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekanligiga alohida urg'u berildi.
Tadbirda ishtirokchilar mavzuga oid ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida gender tengligini ta'minlashning huquqiy asoslari bo'yicha video-rolik taqdimoti ham bo'lib o'tdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati