“Taraqqiyot strategiyasi” markazi xodimlari hamda Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi xorijdagi turklar va qardosh jamoalar Boshqarmasi va Anqara Davlat ijtimoiy fanlar universiteti vakillari (professorlar va ma'muriyat) ishtirokida MICROSOFT TEAMS platformasi orqali uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda O'zbekiston tomonidan shuningdek Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kabi mahalliy ta'lim muassasalarining professorlari qatnashdi.
Uchrashuv davomida O'zbekistonda talabalar, magistr va doktorantlar salohiyatini oshirish bo'yicha seminarlar o'tkazish, jumladan, turli adabiyotlar bilan ta'minlash, shuningdek, davlat va mahalliy boshqaruv, elektron hukumat, ijtimoiy himoya, gender tengligi, urbanizatsiya va raqamli iqtisodiyot kabi sohalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo'yicha eng dolzarb mavzular muhokama qilindi.
YTB madaniyat va ijtimoiy masalalar bo'yicha bo'lim boshlig'i Murod Qozonchi ikki mamlakat universitetlari o'rtasida aloqalarni o'rnatishda yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish muhimligini ta'kidlab, Markazning Turkiyadan ixtisoslashgan mutaxassislarni jalb etgan holda, ikki tomonlama tadqiqot ishlarini olib borishdagi tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Turk dunyosi ilmiy-tadqiqot instituti rahbari, dotsent Maryam Hakim ikki tomonlama diplom dasturlari shaklida qo'shma ta'lim kurslarini tashkil etishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, u O'zbekiston Oliy o'quv yurtlari bilan belgilangan tartibga muvofiq o'zaro anglashuv memorandumini imzolash orqali hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Bundan tashqari, xalqaro aloqalar fakulteti professori va ASBU xalqaro ofisi koordinatori Rasul Yalchin o'zbekistonlik talabalarning Anqara shahrida grant asosida magistratura va doktoranturada o'qitishini tashkil etish imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi.
Uchrashuv yakunida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi turk hamkorlar bilan bir qator tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati