2020 yilning 24 dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Adliya vazirligi hamda Germaniyaning Fridrix Ebert nomidagi jamg'armasi hamkorligida “COVID-19 pandemiyasining O'zbekistondagi NNTlar faoliyatiga ta'siri” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda Adliya vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Germaniyaning Fridrix Ebert nomidagi jamg'armasi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Ta'kidlanganidek, koronavirus infeksiyasining tarqalishi qisqa vaqt ichida butun dunyoda bo'lgani kabi O'zbekistonning iqtisodiyot tarmoqlariga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi. Pandemiya tufayli karantin choralarining joriy etilishi, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga ham o'zining salbiy ta'sirini o'tkazmay qolmadi.
Shu bois “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Adliya vazirligi, Germaniyaning Fridrix Ebert nomidagi jamg'armasi hamkorligida “Pandemiyaning O'zbekiston NTTlari faoliyatiga ta'siri” loyihasi asosida shu yilning avgust oyidan noyabr oyiga qadar tadqiqot olib borildi. Buning natijasida NTTlarning faoliyati o'rganilib, COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlat tomonidan notijorat sektorlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqot “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ngo.strategy.uz hamda Adliya vazirligi saytida onlayn so'rovnoma tarzida o'tkazildi. Ularda respublika hududidagi 1100 dan ortiq NTTlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida COVID-19 pandemiyasining O'zbekistondagi NNTlar faoliyatiga ta'siri baholanib, o'tkazilgan tadqiqot ishlari natijalari muhokama qilindi, ushbu masalada ilg'or xorijiy tajriba o'rganilib, aniqlangan muammolarga yechim topish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati