• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
“MUROJAATNOMADA ILGARI SURILGAN TAMOYILLARNING BARCHASI YXHT MAJBURIYATLARI BILAN HAMOHANG”
2304 | 15 Yan. 2021 y.

Jon MAK GREGOR,
YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori:

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlament hamda xalqqa yo'llagan murojaati to'g'risida gapirishdan juda mamnunman. Mamlakatingizda YXHT vakili sifatida ishlashning afzalliklaridan biri, bu Prezident nutqlarida shaxsan ishtirok etish imkoniyatidir.

Esimda, Prezident bundan 4 yil oldin, ya'ni 2016 yil dekabr oyida ham xuddi shunday murojaat bilan chiqish qilgan edi. Prezident o'shanda ikkita asosiy murojaat bilan chiqqandi. Birinchisi, 8 dekabr Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan bo'lib, ikkinchisi 16 dekabrda uning inauguratsiyasi munosabati bilan amalga oshgan.

Buni kechagidek eslayman, men unda jo'shqinlikni, hissiyotni va O'zbekistonni yanada rivojlantirish va xalqining munosib kelajagini ta'minlash borasidagi sadoqatni ko'rishga muvaffaq bo'lgandim o'shanda.

Bularning barchasi Prezident tomonidan 4 yil oldin ilgari surilgan va shu kungacha davom etayotgan ustuvor vazifalar bilan bog'liq. Men Harakatlar strategiyasi va har yili ishlab chiqilayotgan Davlat dasturlarida belgilangan ustuvor yo'nalishlarga muvofiq katta o'zgarishlarga guvoh bo'ldim.

Ayniqsa, yoshlarning bilimini yuksaltirish haqidagi g'oyalari meni qattiq ta'sirlantirdi. Bu shuni anglatadiki, viloyat va tumanlarda xizmat qilayotgan davlat xodimlari o'zlarining vazifalarini ko'proq anglashlari kerak. Albatta, bu jarayon ta'lim bilan bog'liq. Ta'lim darajasini, sifatini oshirish va iloji bo'lsa, viloyatlarga eng yaxshi o'qituvchilarni jalb qilish lozim. Shubhasiz, buni Toshkent, Samarqand va Buxoro singari yirik shaharlarda amalga oshirish osonroq, ammo viloyatlarda va kichik tumanlarda o'qituvchilar har doim ham barcha zarur imkoniyatlarga ega emaslar. Shuningdek, murabbiylar yoshlarga maktab va oliygohlarda yaxshi bilim berishlari uchun ularning malakalarini oshirishga yordam berish zarur.

Prezident yoshlar masalasiga 2021 yilga mo'ljallangan Davlat dasturining muhim elementi sifatida urg'u berdi. Shaxsan meni ushbu yo'nalish juda qiziqtiradi, chunki mamlakatda yoshlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Bu yerda juda yaxshi ta'lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Ammo, Markaziy Osiyo mintaqasida, butun Osiyo va dunyoda yaxshiroq emas, balki eng yaxshi bo'lish uchun ularni takomillashtirish ustida ishlash talab etiladi.

Agar biz hamkorlikda ushbu yo'nalishda harakat qilsak, bilim va ta'lim darajasini oshiradigan bo'lsak va davlat organlari vakillari tomonidan amalda qo'llanilsa, albatta O'zbekiston xalqi uchun barqaror kelajak yarata olinadi.

Umid qilamanki, buning bevosita shohidi bo'laman. So'nggi to'rt yil ichida amalga oshirilgan islohotlarni ko'rish va mamlakatingizda ishlash men uchun sharaf. Hali hammasi oldinda.

Murojaatnomada Prezident tomonidan aytilgan fikrlarning barchasi YXHT majburiyatlariga to'liq mos keladi. Prezident tomonidan ta'kidlangan deyarli barcha tamoyillar YXHTning qat'iy majburiyatlariga hamohang va men ushbu tashkilotning rasmiy vakili sifatida O'zbekiston xalqi farovonligi uchun bizga yuklatilgan vazifalarni bajarishdan yanada ilhomlandim.


1
Похожие новости