Bugungi kunda O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, ilm-fan va madaniyat sohalarida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Shuningdek, 141 ta milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. Fuqarolarning ona tilida ta'lim olishini ta'minlash maqsadida esa ta'lim muassasalarida o‘qish 7 tilda, ya'ni o‘zbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari rus, tojik, qozoq, qirg‘iz va turkman tillarida ham olib borilmoqda. Tele-radio ko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilib, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda chop etilayapti.
Muxtasar aytganda, O‘zbekistonda fuqarolarning qaysi din yoki millatga mansubligidan qat'i nazar, haq-huquqlari teng ekani Bosh Qomusimiz va boshqa tegishli qonunlar bilan qat'iy kafolatlab qo‘yilgan.
Ma'lumki, 2021-yil – “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 255-bandida 30-iyul – Xalqaro do‘stlik kunini yurtimizda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilash nazarda tutilgan edi.
Mazkur band ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi joriy yilning 27-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining yalpi majlisida qabul qilinib, 5 fevral kuni Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida ma'qullangan edi.
2021-yil 10-fevralda mazkur Qonun O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolanib, keng jamoatchilikka taqdim etildi.
Endilikda O‘zbekistonda har yili 30-iyul – “Xalqlar do‘stligi kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ushbu band ijrosi bilan belgilangan sana mamlakatimizdagi turli millatlar vakillarining bir biriga bo‘lgan mehr-oqibatini va totuvligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 3-maydagi 65-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyasida xalqlar, davlatlar, madaniyatlar va insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, tinchlikni ta'minlash bilan bog‘liq harakatlarga ilhomlantirish hamda madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar o‘rtasida ko‘priklar o‘rnatish imkoniyatini yaratish maqsadida 30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanishi belgilangan.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.