2021 yil 5 aprel kuni Toshkent shahrida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda O'zbekiston Ekologik partiyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risidagi Memorandum imzolandi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, partiya Ijroiya qo'mitasining a'zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari hamda ekolog olimlar ishtirok etgan tadbirda hamkorlik doirasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar kelishib olindi.
— Memorandumdan ko'zlangan asosiy maqsad — Harakatlar strategiyasi va uning doirasidagi Davlat dasturida belgilangan respublikada ekologik xavfsizlikni ta'minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish uchun atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Shuningdek, kelgusida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida tizimli tartibda jamoatchilik nazoratini olib borish hamda qonunchilikka zaruriy o'zgartirishlarni kiritish borasida takliflar ishlab chiqish ham ushbu hamkorlik Memorandumining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi, — deya ta'kidladi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov.
Darhaqiqat, so'nggi yillarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlari va loyihalarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning hamkorlikdagi ishtiroki ortib bormoqda. Xususan, 2021 yil — “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 16-bandida ham ekologiya sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni chuqur tahlil qilish, yechimlari bo'yicha takliflar ishlab chiqish, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlashga ijtimoiy buyurtma asosida nodavlat notijorat tashkilotlarni keng jalb qilish amaliyotini yo'lga qo'yish borasida alohida chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, Memorandum doirasida kelgusida tabiatga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan turli holatlarning oldini olish hamda bu kabi omillarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga, tabiatga va inson salomatligiga bo'ladigan salbiy ta'sirini keng jamoatchilikka atroflicha tushuntirib borishdan iboratdir.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati