So'nggi to'rt yilda Harakatlar strategiyasi doirasida Davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, davlat organlarida sohaga oid bo'lmagan vazifalarni qisqartirish, ular faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish borasida samarador islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada davlat funksiyalarini amalga oshirishga xususiy sektorni jalb qilish yo'nalishida olib borilayotgan ishlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining natijadorligi, ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jumladan, 2021 yil — “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 4-bandida ham Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish borasidagi muhim chora-tadbirlar belgilab berilgan.
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to'g'risida” 2021 yil 3 aprel kuni qabul qilingan Prezidenti Qarori bilan Davlat dasturining 4-bandida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi ta'minlandi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 maydan boshlab, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo'linmalari boshqaruv xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtirilib, ularning yangilangan cheklangan soni belgilanmoqda. Jumladan, amalda mavjud bo'lgan 43 969 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi soni 5 288 taga qisqartirilmoqda. Shundan davlat byudjeti hisobidan qisqartirilayotgan shtat birliklari soni 5 175 ta. Byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan qisqartirilayotgan shtat birliklari soni esa 113 tani tashkil etmoqda. Natijada, 2021 yil 1 may holatiga boshqaruv xodimlari shtat birligi soni 38 681 tani tashkil etadi.
Shuningdek, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi to'liq tugatilib, uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o'tkazilmoqda. Endilikda, Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tugatilayotgan Agentlikning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarini, ular bilan kelishilgan holda, keyinchalik amalga oshirish mexanizmini belgilashga qaratilgan Prezident hujjatlari loyihasini ishlab chiqadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi bilan birlalikda qisqartirilayotgan shtat birliklarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ish bilan ta'minlash choralarini ko'radi.Shu bilan birga, 2021 yil 1 sentyabrga qadar xodimlarning eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlariga (KPI) erishilganligi natijalarini reyting baholashni amalga oshirish uchun maxsus dasturiy majmua ishlab chiqish hamda davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etilishini ta'minlash bo'yicha vazifalar ham Qarorda o'z aksini topgan.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati