“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 156-bandida Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tajribasi asosida barcha shahar va tumanlarda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”ni tashkil etish bilan bog‘liq vazifalar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan Davlat dasturining mazkur bandi ijrosi ta'minlandi.
Qarorga ko‘ra, 1-sentyabrgacha 77 ta, 2022-yil 1-yanvargacha jami 219 ta sanoat zonalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi belgilngan.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan 100 million AQSh dollari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va xususiy moliya kompaniyalarining qarzlari, jamg‘armaning bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilandi.
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida maydoni 1000 m² gacha bo‘lgan yer uchastkalari, istisno tariqasida, elektron auktsion savdosi o‘tkazmasdan, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan ajratiladi. Bunda, bo‘sh bino va inshootlar (davlat ko‘chmas mulk obektlari) shartnoma asosida har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi.
Patent asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ta'minlovchi startap-investitsiya loyihalari, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari, shuningdek, import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining kamida 70 foizi yoshlar uchun mo‘ljallangan, shu jumladan, bandligi ta'minlanmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta'minlash nazarda tutilgan investitsiya loyihalari Yoshlar sanoat zonalari hududida joylashtirilishida ustuvorlikka ega bo‘ladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida:
— moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik subekti uchun bir yo‘la 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etiladi;
— qiymati 100 ming AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan investitsiya loyihalari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, undan oshgan qismi esa ushbu qarorda nazarda tutilgan imtiyozlarsiz, tijorat banklari orqali umumiy tartibda taqdim etiladi;
— tijorat banklariga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun moliyaviy resurslar Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari doirasida, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha yillik 10 foiz, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha yillik 2 foiz stavkalari bilan taqdim etiladi;
— tijorat banklari milliy valyutadagi kreditlarni o‘z marjasi miqdorini 4 foizdan oshirmasdan yillik 14 foiz, xorijiy valyutadagi kreditlarni — o‘z marjasi miqdorini 1 foizdan oshirmasdan yillik foiz stavkasini 3 foiz miqdorida belgilagan holda ajratadi;
— tijorat banklari ajratilgan moliyaviy resurslarning maqsadli foydalanilishi va to‘liq qaytarilishini doimiy monitoring qilib boradi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga Yoshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun binolar qurish maqsadlariga moliyaviy resurslar Jamg‘armaning moliyaviy ko‘rsatkichlari va uning resurs bazasidan kelib chiqqan holda beriladi, shu jumladan:
— Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga yosh tadbirkorlik subektlari uchun bino qurishga beriladigan moliyaviy resurslar milliy valyutada yillik 10 foiz stavkasi miqdorida belgilangan holda taqdim qilinadi;
— tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlik subektlariga binolarni lizing asosida berish milliy valyutada yillik 14 foiz stavkasini qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Bunda, yosh tadbirkorlik subekti boshlang‘ich to‘lov sifatida lizingga beriladigan bino qiymatining 10 foizini tashkil qiluvchi qismini to‘laydi.
Qarorda belgilanganidek, 2023-yil 31-dekabrga qadar Yoshlar sanoat zonalari hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining ta'minoti bilan bog‘liq quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi:
— Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha miqdorida, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar beradi;
— ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha miqdorida, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan miqdorda, yillik 2 foiz stavkasida sug‘urta polisini taqdim etadi.
Muxtasar aytganda, mazkur Qaror yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslari, startap-loyihalari va amaliy tadqiqotlari natijalari ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashish, yosh tadbirkorlik subektlarining sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda alohida ahamiyatga ega.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.