Joriy yilning 27-may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashabbusi bilan Energetika vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda mutaxassislar, ekspertlar, huquqshunoslar, Energetika vazirligi mutasaddilari hamda nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Jamoatchilik eshituvida Adliya vazirligi tomonidan Energetika vazirligi, uning tarkibidagi va nazorati ostidagi tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini o‘rganish natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar 2017-2020-yillarda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida joylashtirilgan, Energetika vazirligiga bevosita vazifa yuklangan 2 ta Qonun, 3 ta Prezident Farmoni, 15 ta Prezident qarori, shuningdek ular ijrosini ta'minlashga qaratilgan 5 ta Hukumat qarorining joylardagi ijrosi holatining sifati, to‘liqligi va ko‘lami yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bayon etishdi.
Ta'kidlanganidek, Prezidentning Farmon va qarorlarida nazoratga olingan vazirlikka aloqador 1 002 ta topshiriq – 32 ta Farmon, 114 ta qaror, 5 ta farmoyish va 68 ta bayondan 612 tasi yoxud 61% bajarilgan. Topshiriqlarning 382 tasi (39%) ijro jarayonida, 134 tasi (21%) muddatidan kech bajarilgan bo'lsa, 8 ta topshiriqning ijro muddati belgilangan muddatdan o‘tkazib yuborilgan.
Shuningdek, “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida 2020-yil 15-iyuldan 31-dekabrgacha 750 kVt. gacha bo‘lgan quvvatda ulangan hamda qo‘shimcha uchinchi smenani tashkil etgan mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi iste'molchilar uchun tungi davr – sutkaning qorong‘i davrida (yagona elektr energetika tizimining soat 22.00 dan 24.00 gacha va soat 00.00 dan 06.00 gacha bo‘lgan minimal yuklamalar soatlarida) foydalanilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisob-kitoblarda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamaytirish koeffitsiyenti qo‘llanilishi belgilangan.
Biroq, qaror ijrosi bo‘yicha o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilmagani oqibatida 6 000 ga yaqin tadbirkorlik subektiga elektr energiyasidan foydalangani uchun kamaytirilgan koeffitsiyent qo‘llanmagan. Bu, o‘z navbatida, mazkur korxonalar tomonidan elektr energiyasi uchun ortiqcha mablag'lar to‘lanishiga olib kelgan.
Shu bilan birga, qaror bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslari jami yillik iste'moli ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isi bo‘lgan korxonalarni majburiy energetik tekshiruvdan (energiya auditidan) o‘tkazishning 2020-yilga mo‘ljallangan 65 ta korxonadan 25 tasi (38,4 %)da energiya auditi o‘tkazilgan.
Jamoatchilik eshituvida so‘zga chiqqan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Farid Nazarov hamda Energetika vazirligi mas'ul hodimlari tomonidan yuqoridagi kabi muammolarni bartaraf etish, shuningdek, aholiga elektr energiyasi yetkazishdagi uzilishlarga barham berish, sohada qonunchilik talablariga qat'iy rioya qilish masalalarida Energetika vazirligi tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilanishi, ular izchil va samarali amalga oshirib borilishi lozimligi ta'kidlandi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan jamoatchilik eshituvida ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari va ekspertlar tomonidan vazirlik tizimida yuqoridagi kabi kamchiliklar bilan birga, energiya tejovchi texnologiyalar bo‘yicha donorlarning texnik ko‘mak sarmoyalarini jalb etish, vazirlikning pul mablag‘larini taqsimlovchi jamg‘armani shakllantirish hamda energetika sohasida normativ bazani takomillashtirish yuzasidan o‘z vaqtida tegishli ishlar amalga oshirilmagani ham tanqid qilinib, bu borada tegishli taklif-tavsiyalar berildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati