O‘zbekistonda gender tenglikni ta'minlash va xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta'minlash yuzasidan qator sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Harakatlar strategiyasi doirasida har yili qabul qilinayotgan Davlat dasturlarida ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini mustahkamlash hamda aholining gender tenglik to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlar belgilanib, izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilning 26-28-may kunlari Toshkent viloyatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi – USAIDning huquqiy islohotlar Dasturi hamkorligida “Qonunlar ijrosini ta'minlash va byudjetni shakllantirishda gender yondashuvi” mavzusida tashkil etilgan seminar-trening doirasida ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda xalqaro tajriba va amaliyot masalalari tahlil qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, Qonunchilik palatasi deputatlari, USAID tashkiloti vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan seminar-treningning dastlabki kunida gender tenglik borasidagi qonunchilik normalari va bu borada olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta'minlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida 2019-yil sentyabr oyida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilingani e'tirof etildi. Shuningdek, gender tenglik bo‘yicha institutsional choralar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta'minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo‘yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg‘unlashtirish bilan shug‘ullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi faoliyati ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
Shu bilan birga, tadbirda USAIDning huquqiy islohotlar dasturi mutaxassislari tomonidan deputatlar uchun gender ta'limining dolzarbligi, gender yondashuvda ish olib borish saboqlari bo‘yicha amaliy mashg'ulotlar o‘tkazildi. Xususan, qonunchilik ijrosi va ta'minotida gender tengligiga rioya qilmaslik natijasida qanday muammoli faktlar vujudga kelayotgani, ularni keltirib chiqaruvchi holatlar va sabablar interfaol uslubda ochib berildi.
Shu bilan bir qatorda, mazkur muammolarni bartaraf etishda Qonunchilik palatasi deputatlari oldida turgan vazifalar muhokama qilinib, misol tariqasida gender tenglik sohasini tartibga soluvchi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining bugungi kundagi ijrosi ko‘rib chiqildi.
Seminar-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilarga oratorlik hamda gender tenglik masalalari bo‘yicha loyihalarni taqdimot qilish mahorati, yakunida esa “Muammolar daraxti” yechimi bo‘yicha guruhlarga bo'linib ishlangan ishlar taqdimotlari o‘tkazildi.
Qizg‘in baxs-munozaralar tarzida kechgan seminar-trening jarayonida xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida bir qator takliflar va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 28-may kuni bo‘lib o‘tgan o‘n beshinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasining qabul qilingani ham alohida e'tirof etildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati