So‘nggi yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta'minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obekti sifatida erkin muomalaga kiritishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, 2021-yil – “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 120-bandida ham qishloq xo‘jaligida yer munosabatlari bo‘yicha islohotlarni yanada takomillashtirish, yerlarni bozor aktivlariga aylantirish hamda yer uchastkalarini ijara huquqi bilan foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish borasidagi chora-tadbirlar belgilangan.
Joriy yilning 8-iyun kuni qabul qilingan “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan Davlat dasturining 120-bandida belgilab berilgan vazifalar ijrosi ta’minlandi.
Mazkur hujjat bilan yerni bozor aktiviga aylantirish, uning iqtisodiy qiymatini belgilash va moliyaviy oborotga kiritish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, yer ajratish va undan foydalanish sohasida davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, mazkur farmon sohada tenglik, shaffoflik va bozor munosabatlarini ta’minlab, mulkka doir huquqlarni ishonchli kafolatlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Xususan, 2021-yil 1-avgustdan boshlab yer uchastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar barcha turdagi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ishtirok eta oladigan, natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadigan ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida ajratilishi tartibi joriy qilinmoqda.
Faqatgina qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga hamda eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (er maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun – loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag‘ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilgan taqdirda, Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan yer maydoni ajratilishi mumkin.
Shu bilan birga, 2021-yil 1-avgustdan tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash, e'tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish, sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish, jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yer berish borasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tugatilmoqda. Shuningdek, mazkur sanadan boshlab, davlat hokimiyati organlariga yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish yoki boshqacha tarzda imtiyoz va istisnolar belgilash tashabbusi bilan chiqish ham taqiqlanadi.
Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda ularni joriy etish, yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam o‘rganib borish, sohada huquqni qo‘llashning yagona amaliyotini shakllantirish borasidagi takliflarni muvofiqlashtirib boruvchi Respublika kengashi va joylarda hududiy kengashlar tashkil etiladi.
Umuman, mazkur Farmonda belgilab berilgan vazifalarning hayotga tatbiq etilishi, yerdan oqilona foydalanish orqali xalqimizning turmush farovonligini oshirish borasida boshlangan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqadi. Yer bilan bog‘liq munosabatlardagi korruptsion holatlarning ham oldi olinadi. Natijada, yerdan foydalanish borasida barcha uchun shaffof bo‘lgan tizim yo‘lga qo‘yiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmat