“Taraqqiyot strategiyasi” markazida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirga bir guruh faol jurnalistlar taklif etildilar.
– Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda axborot sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – dedi Markaz rahbari Eldor Tulyakov tadbirni ochar ekan. – O‘z navbatida, ommaviy axborot vositalari xodimlari ham yurtimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini keng jamoatchilikka hozirjavoblik bilan yetkazib borish barobarida, joylardagi ijtimoiy muammolar, yechimini kutayotgan masalalarga davlat organlari va jamoatchilik e’tiborini qaratayotgani diqqatga sazovordir.
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari xodimlari 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va uning doirasidagi Davlat dasturlari ijrosini faol yoritib kelishayotgani, bu borada ko‘plab jurnalistlar Markazimiz bilan doimiy hamkorlik o‘rnatishganini alohida e’tirof etish lozim.
Men jamoamiz nomidan sizlarni, sizlar orqali barcha matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyi xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Barchalaringizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-omonlik, omad va muvaffaqiyatlar, yuksak ijodiy yutuqlar tilayman.
Tadbir so‘nggida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan faol hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh jurnalistlarga Markazning tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Axborot xizmat