Avval xabar berganimizdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo‘lib turibdi.
Joriy yilning 7-iyul kuni delegatsiya a’zolari Istanbul tijorat universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashishdi.
Jahonning Top 1000 talik universitetlari ro‘yxatiga kiruvchi mazkur oliy o‘quv dargohi 2001-yilda Istanbul savdo palatasi ko‘magida tashkil etilgan. Muassasa ayni vaqtda olti yo‘nalish bo‘yicha bakalavr (tijorat fanlari, muhandislik, arxitektura va dizayn, huquqshunoslik, aloqa, ijtimoiy fanlar fakultetlari) hamda besh yo‘nalish bo‘yicha magistr (shuningdek, to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha fan nomzodi) darajasini beradi. Hozirgi kunda universitetda 6000 nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda.
Istanbul tijorat universiteti bilan O‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, O‘zMU professor-o‘qituvchilari Turkiya universitetlarida o‘zbek tili va adabiyoti, matematika va boshqa fanlardan saboq bersalar, o‘z navbatida, turkiyalik olimlar o‘zbekistonlik talabalarga zamonaviy fanlardan dars o‘tadilar. Hamkorlikda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va boshqa anjumanlar o‘tkazib boriladi. Ikki davlat ilmiy jurnallarida maqolalar yoritiladi.
Mehmonlarni turk zaminida qutlagan Istanbul tijorat universiteti rektori Yujel O‘g‘urlu O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ta'lim sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tiborni jahon hamjamiyati ham haqli ravishda e’tirof etayotganini alohida ta’kidladi.
Shu bilan birga, Yujel O‘g‘urlu O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik keyingi vaqtlarda jadal rivojlanayotgani, mazkur jarayonga hissa qo‘shish maqsadida Istanbul tijorat universiteti talabalarining ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini o‘rganish va tadqiq etishlarini rag‘batlantirish maqsadida qo‘shimcha grantlar tanlovlarini e’lon qilish taklifini bildirdi.
O‘z navbatida, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov turkiyalik ziyolilarni O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi va uning doirasida har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlarining ijrosi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar samarasi bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, kelgusida qo'shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilmiy-amaliy konferentsiyalar o‘tkazish va ilmiy maqolalarni chop etib borish masalalarida muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, pirovardida, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish uchrashuv ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.
Bunday amaliy hamkorlik qator ilmiy, istiqbolli loyihalar, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Istanbul tijorat universiteti rektori Yujel O‘g‘urlu va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Anglashuv Memorandumini imzolashdi.
Anglashuv Memorandumining ilk amaliy natijasi o‘laroq, tomonlar Istanbul tijorat universiteti talabalari uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbarining O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlarga oid maxsus ma’ruzasini joriy yil sentyabr oyida tashkil etishga kelishib olishdi.
Shuningdek, Universitet tashabbusi bilan Turkiya va Markaziy Osiyo mintaqasidagi “aql markazlari” ekspertlari, siyosiy doiralari uchun O‘zbekistondagi islohotlar va ularning monitoringi natijalariga oid ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazib borishni tashkillashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish haqida ahdlashildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.