“Sohibqiron” nomidagi Strategik tadqiqotlar markazi (SASAM) 2012-yil 1-dekabrda Anqara shahrida o‘z faoliyatini boshlagan. Mazkur mustaqil fikr markazi turli masalalar bo‘yicha tadqiqotlar va ekspertizalar o‘tkazish yo‘li bilan ularga yechimlar ishlab chiqish, ushbu takliflarni nashr etish, aniqlangan muammolarni hal qilish uchun milliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirish yoki amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etish, seminarlar, konferentsiyalar tashkil etish orqali fuqarolarning turli jarayonlardan xabardorligini oshirish ishlari bilan shug‘ullanib keladi.
Joriy yilning 10-iyul kuni Eldor Tulyakov rahbarligidagi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi delegatsiyasi a’zolari mazkur tashkilotda mehmon bo‘lishdi.
“Sohibqiron” nomidagi Strategik tadqiqotlar markazi rahbari Mas’ud Emre Karako‘se tashkilot ekspert va yosh tadqiqotchilarining ilmiy qiziqishlari asosan O‘zbekiston tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va tashqi siyosati kabi sohalarni qamrab olganligi sababli, markaz o‘z nomini sohibqiron Amir Temur nomidan olganini ta’kidladi.
Janob Karako‘se, shuningdek, O‘zbekistonning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng taraqqiyot odimlari, ayniqsa, 2017-yildan boshlab kuzatilayotgan salmoqli o‘zgarishlar, xususan, dengiz yo‘llariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati yo‘qligiga qaramasdan, mamlakat tashqi siyosat borasida faol olg‘a siljib, xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish mumkinligini butun dunyoga isbotlayotganini alohida e‘tirof etdi.
Uchrashuvda tomonlar har ikki davlatning nufuzli “aql markazlari” bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarni rivojlantirish nafaqat ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, balki O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi do‘stona va strategik munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishini ta‘kidlashdi.
Shundan kelib chiqib, barcha sohalarda o‘zaro tajriba almashish, bilimlarni uzatish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, stajyor va ekspertlar almashinuvi kabi mavzular muhokama qilindi.
Tadbirda, shuningdek, “Sohibqiron” markazining xodimlari, yosh tadqiqotchilari hamda mahalliy va xorijlik talabalardan iborat stajyorlar ishtirokidagi davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “Yangi O‘zbekiston va BMT – konstruktiv hamkorlik” mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Ma‘ruzada 2017-yildan buyon BMT Bosh Assambleyasining 72- va 75-sessiyalarida O‘zbekiston Prezidenti mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb mavzularda qator tashabbuslarni ilgari surgani va ularning aksariyati, xususan, “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta‘minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash”, “Ma‘rifat va diniy bag‘rikenglik”, Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e‘lon qilish to‘g‘risida maxsus rezolyutsiyalari qabul qilingani va “Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik Trast fondi” tashkil etilgani, bu, o‘z navbatida, xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e‘tirof etilgani ta‘kidlab o‘tildi.
Davra suhbati ishtirokchilari O‘zbekistonda yangi bosqichda olib borilayotgan islohotlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar olishdi.
Uchrashuv yakunida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va “Sohibqiron” nomidagi Strategik tadqiqotlar markazi rahbari Mas‘ud Emre Karako‘se hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli sohalarda turli konferentsiyalar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil qilish, tahliliy maqolalarni e‘lon qilish va boshqa dolzarb masalalarda hamkorlik bo‘yicha Anglashuv Memorandumini imzolashdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati