• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

O‘ZBEKISTON ERISHGAN YUTUQLAR BELGIYANING “DIPLOMATIC WORLD” JURNALIDA CHOP ETILADI

Joriy yilning 27-iyul kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Belgiyaning “Diplomatic World Institute” tahlil markazi loyiha menejeri Alberto Turkstra bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida, Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov mehmonga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatning mazmun-mohiyati, Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirib borilayotgan islohotlarning real natijalari, shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining maqsad-vazifalari, faoliyat ko‘lami haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi, xususan Belgiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari turli sohalarda muvaffaqqiyatli rivojlanib borayotganligi aytib o‘tildi.

Muloqot jarayonida Alberto Turkstra “Diplomatic World Institute” tahlil markazi tomonidan O‘zbekistonda so‘nggi yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish bildirilib, yuksak baho berilayotganligini ta’kidladi. Jumladan, ushbu o‘zgarishlar yuzasidan tahlil markazining nufuzli “Diplomatic World” jurnalida O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida maqola tayyorlashni rejalashtirayotganligini ma’lum qildi.

Samimiy va do‘stona muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida Alberto Turkstra Harakatlar strategiyasining amalga oshishida markaz jamoasiga muvaffaqiyatlar tilab, ikki mamlakatning “aql markazlari” o‘rtasida doimiy tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. O‘z navbatida, E.Tulyakov “Diplomatic World Institute” kabi Yevropa Ittifoqining yetakchi “aql markazlari” bilan qo‘shma loyihalarni yo‘ga qo‘yish va maqolalar chop etishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati