• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

“YUKSAK MARRALARGA ERISHISHDA TO‘RT YILLIK NATIJALAR” NOMLI RISOLA CHOP ETILDI

Bugungi kunda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini ko‘rsatib, erishilayotgan natijalarni xalqimiz bilan birga jahon hamjamiyati ham e’tirof etmoqda.

Darhaqiqat, Harakatlar strategiyasi bugungi globallashuv sharoitida yer yuzida tub o‘zgarishlar kechayotgan murakkab bir vaziyatda, O‘zbekiston uchun siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng muhim besh ustuvor yo‘nalishini amalga oshirishning yaqin istiqbolga mo‘ljallangan muhim milliy strategik hujjatidir.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Harakatlar strategiyasi, shuningdek, mazkur hujjat asosida qabul qilinib kelingan har yilgi Davlat dasturlarining qanday amalga oshirilayotgani va ijrosi qay tarzda ta’minlanayotgani haqida bir qator infografik risolalar va boshqa targ‘ibot materiallari tayyorlanib, milliy va xalqaro jamoatchilikka taqdim etib kelinmoqda.

Mazkur to‘plamda ham Harakatlar strategiyasi doirasida 4 yil davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kuzatilgan muhim ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni raqamlardagi qiyosiy ifodasi yoritib berilgan.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmat