Joriy yilning 16-oktyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Media-xollda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan mahalliy va xalqaro hamjamiyat vakillari uchun 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan asosiy islohotlar hamda erishilgan natijalar tahlili yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Eldor Tulyakov taqdimotda Harakatlar strategiyasida belgilab olingan vazifalarning o‘z vaqtida hayotga tadbiq etilishi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishda, qonun ustuvorligiga erishda hamda iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda, eng asosiysi aholining ijtimoiy muhofazasi yaxshilanib, turmush farovonligi oshishiga sabab bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari haqidagi ma’lumotlarni sodda va ommabop ko‘rinishda o‘z ichiga olgan islohotlar.uz elektron platformasi va uning ishlash mexanizmlari tushuntirib o‘tildi.
Endilikda, islohotlar.uz elektron platformasi orqali har bir fuqaro o‘zini qiziqtirgan mavzu bo‘yicha islohotlarning natijasi bilan tanishish imkoniga ega. Platformadagi barcha raqamlar taqqoslanuvchi shaklda keltirilgan bo‘lib, kuzatuvchilar 1991-yildan 2016-yilgacha va 2017-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi barcha ma’lumotlarni solishtirib ko‘rishlari mumkin.
Taqdimot yakunida islohotlar.uz platformasining ishlash mexanizmlari yuzasidan ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga Eldor Tulyakov tomonidan atroflicha javob berildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati