2021-yilning 4–5 dekabr kunlari Xitoy poytaxti Pekin shahrida “Demokratiya – butun insoniyatning umumiy qadriyati” mavzusida global forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro forumda dunyoning turli mintaqalaridagi 120 dan ortiq mamlakat hamda 20 dan ortiq xalqaro tashkilotdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va onlayn formatda 500 dan ziyod ekspert ishtirok etdi.
Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining xorijiy hamkorlaridan biri bo‘lgan Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi taklifi bilan Markazning ijrochi direktori Eldor Tulyakov ham ushbu nufuzli forumda qatnashdi.
Forum doirasida ishtirokchilar tomonidan so‘nggi yuz yillikda demokratiya tushunchasi insoniyat turmush tarzi va hayotida keng o‘ringa ega bo‘lganligi, shu boisdan ham demokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o‘rganish, ijtimoiy hayotga tatbiq etish muhimligi, bu esa bir tomondan jahon xalqlari demokratiya an’analarini puxta o‘rganish va o‘zlashtirishni taqozo etishi, ikkinchi tomondan milliy qadriyatlar va qarashlarni bugungi kunga joriy etish har qachongidan ham dolzarb bo‘lib borayotganligiga alohida urg‘u berildi.
Xususan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ham o‘z nutqida forum ishtirokchilarini ushbu nufuzli tadbir bilan qutlab, demokratiya o‘rnatishda, eng avvalo, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini Bosh qonun – Konstitutsiya bilan kafolatlash muhim ekanligi haqida to‘xtaldi. Jumladan, tadbir tashabbuskori bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasini 4 dekabr – Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan tabriklab, O‘zbekistonda ham aynan dekabr oyining 8 sanasi Bosh qomus – Konstitutsiya kuni sifatida nishonlanishi va O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari unda to‘laqonli ta’minlanganligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, E.Tulyakov tadbir davomida tashkil etilgan birinchi sessiyani moderator sifatida boshqarib bordi.
Amaliy tashabbus va takliflarga boy bo‘lgan ushbu xalqaro forum doirasida ishtirokchi ekspertlar tomonidan mamlakatlar uchun eng mos demokratik taraqqiyot yo‘lini har bir davlatning o‘zi hal qilishi lozimligi, bir mamlakat demokratiyasini ko‘r-ko‘rona shaklda boshqa mamlakatga tatbiq etib bo‘lmasligi, shuningdek, davlatlar bir-birlarini hurmat qilgan holda kelishmovchiliklarni bartaraf etishda umumiy muloqot yo‘llarini qidirishi, butun insoniyatga taalluqli bo‘lgan qadriyatlarni hurmat qilishi lozimligi ta’kidlandi.
Ayni kunlarda ushbu forum doirasida rejalashtirilgan sessiya yig‘ilishlari davom ettirilmoqda.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati