2021-yilning 14-dekabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tashabbusi bilan Yevropa Ambrozetti uyi hamda O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamkorligida O‘zbekistondagi davlat va xususiy korxonalarning 50 ta yetakchi top-menejeri ishtirokida «O‘zbekistonda mustahkam va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘zbekistonlik ishbilarmon doira vakillari Italiya, Yevropa va ularning biznes hamkorlari bilan iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarni kengaytirish orqali mamlakatning o‘sishiga, uning xalqaro joylashuvi va jozibadorligini yanada oshirishga qaratilgan bir qator mavzularda muhokamalar o‘tkazishdi.
Yevropa Ambrozetti uyi 1965-yilda tashkil topgan bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Italiyaning Milan shahrida joylashgan. U dunyodagi eng mashhur xususiy tahlil markazlaridan biri va konsalting firmasi hisoblanadi. Uning vazifasi o‘z mijozlari uchun barqaror rivojlanishga ko‘maklashish, shuningdek, samarali boshqaruv bo‘yicha maslahat, doimiy kasbiy ta’lim, tadqiqot xizmatlari, seminarlar va tadbirlar orqali iqtisodiyot va jamiyatning kelajagiga hissa qo‘shishdir.
Eng yaxshi xalqaro amaliyot sifatida e’tirof etilgan Yevropa Ambrozetti uyining asosiy tashabbuslari – 350 dan ortiq direktor ishtirok etadigan “Dunyo, Yevropa va Italiya haqida ma’lumot to‘plash” forumi va 40 yildan ortiq vaqt mobaynida jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatib kelayotgan megatrendlarni imtiyozli kuzatish va strategik sanoat ssenariylariga ega bo‘lgan — “Ambrozetti Klubi” biznes hamjamiyatga munosib xizmat ko‘rsatmoqda.
Yevropa Ambrozetti uyining O‘zbekiston bilan tanishuvi 2019-yilda tashkilot Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovni «Bir makon, bir yo‘l» sammiti doirasidagi delegatsiyani qabul qilganida boshlandi. 2020-yilda 1000 dan ziyod ishtirokchini o‘zida jamlagan ikki tomonlama biznes-konferensiya davom ettirildi, unda Italiya tashqi ishlar vaziri Luidji Di Mayo va bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzaqovlar ham ishtirok etishdi. U 2021-yil 24-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Italiya – Markaziy Osiyo konferensiyasida Italiya delegatsiyasiga kiritilgan yagona xususiy firma bo‘lib, global jozibadorlik indeksini, ya’ni xorijiy investitsiyalar uchun mamlakatlarning jozibadorlik darajasini baholaydigan maxsus yig‘ma indeksni taqdim etdi.
So‘nggi oylarda Ambrozetti rahbariyati O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari bilan qizg‘in suhbatlar o‘tkazib kelmoqda. Joriy davra suhbatida «Ambrozetti platformasi O‘zbekistonda» tashabbusi taqdim qilindi. Ushbu tashabbus Yevropa Ambrozetti uyining ilg‘or tajribasini, barqaror va inklyuziv o‘sishga ko‘maklashish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va aniq belgilangan harakatlar dasturi orqali mintaqaviy va global ko‘rinishni kuchaytirish maqsadida o‘zbek biznes yetakchilarining tajribasi va ko‘rinishi bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan.
Mazkur platforma Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda, ayniqsa, Italiya jahon miqyosida yetakchilik qiladigan, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarda hamkorlikni yanada kengaytirishga turtki beradigan muhim qadam bo‘ladi.
Shu nuqtai nazardan, «Taraqqiyot strategiyasi» markazining ijrochi direktori Eldor Tulakov moderatorlik qilgan davra suhbati o‘z ichiga institutsional dasturiy chiqishlar, muhokamalar sessiyasini qamrab oldi.
Suhbat asnosida Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Manlio Di Stefano, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Agostino Pinna, O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha Yevropa Ambrozetti uyi bosh direktori Luka Miralyalar so‘zga chiqdilar. Tadbir davomida Harvard universiteti tarix fanlari professori Nayl Fergyusonning «Jahon va Yevropa hamda Italiya haqida ma’lumotlarni to‘plash» 47-forumidagi chiqishi namoyish etildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati