• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

«YUNUS RAJABIY» MAHALLASI FUQAROLARI BILAN MULOQOT TASHKIL ETILDI

Ayni kunlarda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlari tomonidan vazirlik va idoralar jamoalari hamda joylarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan bir qator davra suhbati, tadbir va uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, 31-mart kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi «Yunus Rajabiy» nomidagi mahalla faollari bilan Konstitutsiyaviy islohotlar targ‘ibotiga oid uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida Markaz rahbari Eldor Tulyakov tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida belgilab beruvchi muhim g‘oya va qoidalarni o‘zida aks ettirgan mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi hujjat ekanligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, fuqarolarga yangilanayotgan Konstitutsiyada kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g‘amxo‘rlik – davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilanayotganligi, ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytirilib, o‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘layotganligi, sifatli tibbiy xizmat davlat tomonidan kafolatlanayotganligi aytib o‘tildi.

O‘z navbatida, mahalla faollari o‘tgan yilgi muhokamalar davomida fuqarolar tomonidan berilgan ko‘plab takliflarning Konstitutsiyada aks etayotganligi, ularning daxldorlik hissini yanada oshirib, referendumda o‘z takliflarini Bosh Qomusimizda muhrlanishi uchun ovoz berishga undashini e’tirof etib o‘tishdi.

 

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati