2023-yilning 29-aprel kuni Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida NNTlar tomonidan amalga oshirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda referendum jarayonlarini kuzatib borish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy kuzatuvchilar uchun brifing tashkil etildi.
Brifingda, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan Konstitutsiyaviy islohotlarga oid jarayonlarda Markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha jamoatchilikka ma’lumot berildi.
– Ushbu islohotlar jarayonida Markaz faoliyati aholining keng qatlami, jamoatchilik vakillari, parlament, hukumat va boshqa davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikda amalga oshirildi, – dedi E. Tulyakov. – Xususan, 2023-yilning 15-mart kuni «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi e’lon qilinganligi munosabati bilan mazkur hujjat loyihasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka sodda va tushunarli qilib yetkazish hamda qamrovini kengaytirish maqsadida Markaz tomonidan loyihaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan turli xildagi materiallar va media-mahsulotlar tayyorlandi.
Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida nazarda tutilgan eng asosiy normalar va «Yangilanayotgan Konstitutsiya» nomli 2 ta infografik to‘plam tayyorlanib, o‘zbek, ingliz va rus tillarida 21 ming nusxada nashr etildi.
Mazkur to‘plamlar Parlament a’zolari, hukumat idoralari, mahalliy organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari hamda elchixonalarimiz orqali xalqaro jamoatchilikka yetkazildi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyatini soha va yo‘nalishlar kesimida ochib berishga qaratilgan 50 turdan ortiq banner, plakat, buklet va flayerlar 100 mingdan ortiq nusxada tayyorlanib, respublikaning barcha hududlaridagi idora va tashkilotlar binolari hamda jamoatchilik gavjum bo‘ladigan joylarda hamda vatandoshlar eng ko‘p istiqomat qilayotgan xorijiy davlatlardagi shaharlarga tarqatildi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangi moddalarga, fuqarolarning referendumda qatnashishga targ‘ib qilishga hamda xorijdagi vatandoshlar va xalqaro hamjamiyatni Konstitutsiyaviy islohotlar bilan tanishtirishga oid 10 ta videorolik tayyorlandi.
Markaz ekspertlari tomonidan davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarida 50 dan ortiq intervyu, ko‘rsatuv va radioeshittirishlar tashkil etilgan bo‘lsa, 20 dan ortiq tahliliy maqolalar mahalliy va xorijiy matbuotda, shu jumladan Buyuk Britaniya, Italiya, Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya, Pokiston, Qatar, Misr kabi davlatlarning nufuzli elektron hamda bosma OAVlarida yoritildi.
Shu bilan birga, Konstitutsiyaviy islohotlar bilan bog‘liq jarayonlar hamda uning mazmun-mohiyatini xalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida Markaz tomonidan xorijiy davlatlarga xizmat safarlari uyushtirildi.
Safarlar davomida Germaniya, Italiya, Shvetsiya, Avstriya, Turkiya, Xitoy, AQSH va Buyuk Britaniya davlatlarining siyosiy doiralari vakillari, parlament a’zolari, «aql markazlari», yetakchi OAVlari ishtirokida Konstitutsiyaviy islohotlar mazmuniga qaratilgan bir qator taqdimot, davra suhbati, brifing, intervyu va ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.
Bundan tashqari, ta’lim muassasalari, mahalla idoralari, tadqiqot markazlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan 20 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi.
Mamlakatimizga tashrif buyurgan bir qator xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari, xususan Yevropa parlamenti deputatlari, Yevroparlamentning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi a’zolari Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati