2023-yilning 29-aprel kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida mamlakatimizga umumxalq Referendumida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Germaniyaning «Deutschlandfunk Kultur» radiostansiyasi, «Zentralasien-Analysen» tahliliy nashrining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha sharhlovchisi Birgit Vetsel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Markaz rahbari Eldor Tulyakov germaniyalik jurnalistni Markaz faoliyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, so‘z erkinligi, ochiqlik siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar va erishilgan natijalar bilan tanishtirib o‘tdi.
O‘z navbatida, B.Vetsel jurnalist sifatida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatib borishini, taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar unda katta qiziqish uyg‘otganligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Markaz hamda uning ekspertlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator taklif va mulohazalar bildirildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati