2023-yilning 28-aprel kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida O‘zbekistonda 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referendumga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Hindistonning «Business Central Asia» nashri muharriri Indervir Singx bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Markaz bo‘lim boshlig‘i Farrux Xakimov, Indervir Singxni Markaz faoliyati va 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, hindistonlik kuzatuvchi referendum va yangilanayotgan Konstitutsiya, jumladan unga kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlarga katta qiziqish bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda hamkorlikda Markaz hamda uning ekspertlari tomonidan tayyorlangan tahliliy maqola va to‘plamlarni «Business Central Asia» nashrida ham yoritib borish masalalariga to‘xtab o‘tildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati