2023-yilning 29-aprel kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasining Yevroosiyo instituti direktori Din Syaosin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida, E.Tulyakov, D.Syaosinni Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari, shuningdek ushbu jarayonda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan olib borilayotgan jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.
O‘z navbatida, Din Syaosin mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi islohotlarni yuqori sur’atlarda kechayotganligini ijobiy baholab, kelgusida Markaz bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Shu bilan birga, suhbat davomida mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan referendum jarayonlari hamda Konstitutsiyaviy islohotlar borasida ham atroflicha fikr almashildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati