2023-yilning 5-may kuni Vena shahrida «Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy referendum» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi, Yevropa tadqiqotlari va xavfsizlik siyosati instituti hamda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Avstriyaning siyosiy, iqtisodiy, gumanitar doiralari vakillari, yetakchi «aql markazlari», Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Kotibiyati va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan O‘zbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev ishtirokchilarni 30-aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishiga oid referendum natijalari bilan tanishtirib o‘tdi.
Shundan so‘ng tadbirda asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya, uni ishlab chiqish jarayoni, unga kiritilgan asosiy normalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
– O‘zbekistonda amalga oshirilgan Konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy tamal toshi bu – inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, inson qadr-qimmatini himoya qilishdir, – dedi E.Tulyakov. – Xususan, Konstitutsiyada inson huquqlariga taalluqli normalar soni 3 barobardan ziyodga ko‘paydi, shuningdek Bosh qomusimizda sifatli ta’lim olish, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, bolalar, ayollar, keksalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmandlarni uy-joy bilan ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan qator yangi normalar belgilangan.
Shu bilan birga, iqtisodiy farovonlik, parlamentning sud va nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kafolatlari asosiy qonun darajasida mustahkamlandi.
Ushbu normalarni ishlab chiqish jarayonida esa, eng avvalo aholining keng qatlami, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining fikr va takliflari, xalqaro hamjamiyatning tavsiyalari inobatga olindi.
O‘z navbatida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ham Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi. Jumladan, «Specht & Partner Rechtsanwalt GmbH» yuridik firmasi asoschisi Leopold Shpext qatnashchilarga bir guruh g‘arblik mutaxassislar bilan birgalikda O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi yuridik ekspertizadan o‘tkazilganligi va ushbu tahlil ijobiy natijalar berganligini ta’kidlab o‘tdi.
– O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi jahon amaliyotidagi ilg‘or tajribani inobatga olgan holda ishlab chiqildi va hozirgi zamon talablariga javob beruvchi progressiv normalarni o‘z ichiga olgan konstitutsiyaga aylandi, – dedi L.Shpext.
Referendumda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan O‘zbekistonning Slovakiyadagi faxriy konsuli va Slovakiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Lyudovit Chernak ovoz berish kuni O‘zbekiston fuqarolarining faolligi va aholi uchun referendum haqiqiy bayramga aylanganligini yuqori baholadi. Jumladan, referendumda 84 foizdan yuqori ko‘rsatkich qayd etilganligi Yevropada kam uchraydigan holat ekanligi e’tirof etildi.
Shu bilan birga, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi sobiq raisi Renate Vinter referendum jarayonidagi shaffoflik, ovoz berish uchun fuqarolar, shuningdek xalqaro kuzatuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi.
– Shu kunga qadar biror-bir saylov jarayonida O‘zbekiston xalqida ko‘rganimdek yuqori ishtiyoqning guvohi bo‘lmaganman, – dedi R.Vinter. – O‘zbekistonda referendum ochiq va shaffof o‘tgani menda hech qanday shubha qoldirmadi. Ushbu siyosiy jarayon xalqaro standartlar va umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga muvofiq holda tashkil etildi.
Referendum uchastkalarida ovoz beruvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, ayniqsa imkoniyati cheklangan va ko‘zi ojiz fuqarolar uchun hozir qilingan shart-sharoitlarni ko‘rib mamnun bo‘ldim.
Betobligi sabab referendum uchastkasiga kela olmagan fuqarolardan, ularning uylariga borib ovoz olingani, mamlakat uchun har bir shaxsning fikri qanchalik muhim ekanligidan dalolat beradi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan referendum O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mantiqiy davomi ekanligi, Asosiy qonunga bugungi real voqelik va shiddatli islohotlarni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritilganligi ta’kidlab o‘tildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati