• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazining YXHT makonidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

2023-yilning 15-may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga (YXHT) a’zo mamlakatlarning yetakchi aql markazlari uyushmasi (OSCE Network of Think Tanks) koordinatori hamda Hamburg Universitetining Tinchlik tadqiqoti va xavfsizlik siyosati Instituti (YXHT) tadqiqotlari markazi rahbari Dr. Cornelius Friyesendorf boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida E.Tulyakov mehmonlarni Markaz faoliyati, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi, uning doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu jarayonda Markaz tomonidan olib borilgan jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati bilan tanishtirib o‘tdi.

 Shuningdek, muloqot davomida tomonlar YXHT makonidagi dolzarb masalalarni o‘rganishda yetakchi tahlil markazlarining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi. Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazini YXHT a’zo mamlakatlar yetakchi aql markazlari uyushmasi (OSCE Network of Think Tanks)ga kirishi hamda hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish masalalari ham muhokama qilindi.

 

 

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati