2023-yilning 26-27 may kunlari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi loyihasi doirasida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasini Toshkent shahridagi mahallalar kesimida keng targ‘ib etish maqsadida Shayxontohur, Uchtepa, Chilonzor, Sergeli tumanlaridagi qator mahallalarda uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlari, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va mahalla raisining xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari, mahalla faollari ishtirok etdilar.
Xususan, muloqotlar davomida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi eksperti Avazbek Xolbekov 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining 7 ta ustuvor yo‘nalishi va ushbu hujjatda islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida «Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon qilib olinganligiga to‘xtalib o‘tdi.
– Bundan besh yil avval qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan vaqt davomida mamlakatimizda barcha sohalarda shiddatli islohotlarga qo‘l urilib, eng avvalo, xalqimizni rozi qilish, odamlarning munosib turmush kechirishini ta’minlash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlar yuksak natijalarni bergani jahon hamjamiyati tomonidan ham haqli ravishda e’tirof etildi, – dedi A.Xolbekov. – Eng asosiysi, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan tamoyil izchil yo‘lga qo‘yilgani natijasida ijtimoiy-siyosiy hayotimiz erkinlashib, inson omiliga e’tibor har qachongidan ham yuqori darajaga ko‘tarildi.
Shu o‘rinda Prezidentimizning «Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak», degan da’vatga qo‘shimcha qilib aytmoqchiman: «Rahbarlar faqat davlatga emas, avvalo, inson va oilaga, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi kerak». Shuning uchun har bir mutasaddi mahalla va tuman hayotini ipidan ignasigacha bilishi shart», degan so‘zlarini keltirib o‘tish maqsadga muvofiq.
Shunisi diqqatga sazovorki, o‘tgan besh yilda mamlakatimizda yuz bergan yangilanishlar nafasi har bir shahar va tuman, qishloq va mahallagacha kirib borib, davlat inson uchun, xalq uchun ochildi, aholi bilan bevosita muloqot qilish, uning muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan mutlaqo yangi siyosiy-ijtimoiy tizim yaratildi. Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilingan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Prezident farmoni va qarorlarining barchasida, eng avvalo, inson qadri, uning haq-huquqlari va manfaatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish masalasi ustuvor ahamiyat kasb etdi. Davlat tashkilotlarining ish faoliyatida «mahallaga tushish», «xalq ichiga kirish, uning «dardiga quloq solish», «tashvishiga sherik bo‘lish» va «muammolarni joyida hal etish» tamoyillari asosiy mezonga aylandi.
Uchrashuvda so‘z olgan «Ko‘kcha» MFY raisi Zulayho Karimova so‘nggi yillarda mamlakatimizda mahalla institutini yanada takomillashtirish, uning tizimli faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mahallani demokratik islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish borasida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilganini qayd etdi.
– Mamlakatdagi 1 ming 700 dan ziyod mahalla idorasi yangidan qurildi, 1 ming 200 ga yaqini esa qayta rekonstruksiya qilindi, 4 mingdan ortig‘i ta’mirlandi. 7 mingga yaqin fuqarolar yig‘ini kompyuter jamlanmasi, 5 mingga yaqini yangi mebel jihozlari bilan ta’minlandi, – dedi Z.Karimova. – 4 mingga yaqin mahalla binolarida kutubxonalar tashkil etilib, 153 ta tuman (shahar) markazida «Mahalla markazi» majmualari foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, uchrashuvlarda ishtirokchilar tomonidan o‘tgan yillar davomida yurtimizda aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangi tizimi joriy etilganligi, «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ning shakllantirilishi ushbu toifadagi aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash imkonini berganligi e’tirof etildi. O‘z navbatida, «mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla» tamoyili asosida millionlab oilalardagi muammolar o‘rganilib, ularning aksari ijobiy hal etilgani, natijada yurtimizdagi o‘zgarishlar, sodir bo‘layotgan yangilanishlar va bunga aholining munosabati, ularning kayfiyati, avvalo mahallada aks etib, mahallada sezila boshlangani ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuvlar so‘nggida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan tayyorlangan «Harakatlar strategiyasi» va uning mantiqiy davomi o‘laroq «Taraqqiyot strategiyasi»ning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan buklet, broshyura kabi turli tarqatma materiallar mahalla idoralarida tashkil etilgan «Strategiya burchagi»ga taqdim etildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati