2023-yilning 22–24 iyun kunlari Istanbul shahrida Turkiyaning «Marmara Group» strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi hamda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamkorligida O‘zbekiston–Turkiya munosabatlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Unda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, «Marmara Group» strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi direktori Akkan Suver, O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsuli, shuningdek ikki mamlakat yetakchi «aql markazlari» ekspertlari, oliy ta’lim muassasalari va OAV vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik hamda siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Dastlab, «Marmara Group» strategik va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi direktori Akkan Suver o‘z nutqida Turkiya Respublikasining so‘nggi 100 yillikda bosib o‘tgan yo‘li, bugun mamlakatning mintaqa va dunyoda tutgan o‘rniga to‘xtalib o‘tdi.
O‘z navbatida, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan ikki tomonlama samarali hamkorlik rivojiga asosiy turtki berayotgan muhim omil sifatida ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, muntazamlik kasb etayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar, samimiy muloqotlarning o‘rni katta ekanligi, ayniqsa bu borada so‘nggi vaqtlarda «aql markazlari»ning ham o‘rni ortib borayotganligini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, E.Tulyakov o‘z nutqida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatning mazmun-mohiyati, Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari, ayniqsa yangilangan Konstitutsiya asosida tashkil etilayotgan muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasining Prezidentligiga saylov haqida to‘xtalib o‘tdi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ijtimoiy hamda boshqa sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini yana bir bor muhokama qilib, birgalikda hamkorlikning yangi qirralaridan samarali foydalanishga kelishib olishdi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati