2023-yilning 23-iyun kuni Bursa shahrida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulligi bilan birgalikda Turkiyaning siyosiy va ishbilarmon doiralari vakillari uchun O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etdi.
Xususan, Yosh sanoatchi ishbilarmon doira va boshqaruvchilari (GESİAD), Bolqon (BALKANSİAD) hamda To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ishbilarmon doiralari uyushmalari (TEKSİDER) a’zolari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekistonning sarmoyaviy jozibadorligi, iqtisodiyotning liberallashuvi, so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlari tomonidan turk siyosatchilari va ishbilarmonlari O‘zbekistonning tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishga qaratilgan sa’y-harakat va imkoniyatlari bilan tanishtirildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati