Avval xabar qilinganidek, 2023-yilning 22–24 iyun kunlari «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlari Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, ular tomonidan ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tashrif doirasida O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda Turkiyaning Bursa va Istanbul shaharlarida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etildi hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Xususan, «O‘zbek xotin-qizlari huquqini himoya qilish jamiyati» rahbari Ozoda Islomova, shuningdek jamiyat binosida Turkiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan faol vatandoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirlar davomida Turkiyadagi o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan bugun mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuzasidan fikrlar almashildi. Jumladan, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan joriy yilning 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalari haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, E.Tulyakov o‘z nutqida O‘zbekiston Prezidentining xorijdagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, xususan og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam berish imkoniyatini kengaytirish, migrantlarga bepul huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatadigan markazlar ochish kabi tashabbuslari haqida aytib o‘tdi. Davlat migratsiya siyosatini diversifikatsiya qilish, ishchilarni ko‘proq maosh to‘laydigan xorijiy mamlakatga yuborish, migrantlarning nafaqat o‘zi, balki ularning oila a’zolarini ham qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish kabi islohotlar qayd etildi.
O‘z navbatida, vatandoshlarimiz ham O‘zbekistonda kechayotgan siyosiy voqealarga katta qiziqish bildirib, mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati