• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

AVSTRIYA PARLAMЕNTI A’ZOLARI O‘ZBЕKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR BILAN TANISHTIRILDI

2023-yilning 10-iyul kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Markaz rahbari Eldor Tulyakov hamda Avstriya Milliy kengashi (parlament quyi palatasi) deputati, “Avstriya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Eva Ernst-Dzedzich va mazkur do‘stlik guruhining a’zosi David Shtogmyullerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov avstriyalik deputatlarni so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xalqaro munosabatlardagi O‘zbekistonning teng huquqlilik va ochiqlik siyosati, erishilgan natijalar hamda ushbu jarayonda Markaz tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

O‘z navbatida, Avstriya parlamenti a’zolari ilk bor O‘zbekistonga qilgan tashriflari davomida muhim siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yaqindan kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lganliklaridan mamnun ekanligi hamda mamlakatda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni bevosita kuzatganliklarini e’tirof etishdi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning Avstriya, xususan Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini muhokama qilib, Markaz ekspertlari tomonidan Avstriya parlament a’zolarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, Avstriyaning yetakchi tahlil markazlari bilan ikki tomonlama tajriba almashish tizimini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati