2023-yilning 16–17-avgust kunlari Xitoyning Urumchi shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (CARЕC Institute) tomonidan “Barqaror iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida raqamli texnologiyalardan foydalanish” mavzusida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi ishtirokchi davlatlari tahlil markazlarining 7-forumi tashkil etildi.
Ikki kun davom etgan mazkur xalqaro forumda CARЕC instituti, Osiyo taraqqiyot banki, BMT idoralari, Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturiga a’zo davlatlar (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Gruziya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Pokiston, Xitoy), Turkiya, Yaponiya, Tayland, Filippin va boshqa davlatlarning yetakchi tahlil markazlari vakillari, shuningdek 150 dan ziyod xalqaro ekspert hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Forumda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Farrux Xakimov tomonidan Markaziy Osiyoda raqamlashtirish jarayonlari va uning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rniga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda Markaziy Osiyo davlatlarida so‘nggi yillarda raqamlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida olib borilayotgan islohotlar va ular natijasida erishilgan qator ijobiy o‘zgarishlar va muvaffaqiyatli loyihalar xususida ma’lumot berib o‘tildi.
Jumladan, mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qabul qilinganligi va uning doirasida tegishli chora-tadbirlar samarali yo‘lga qo‘yilganligi, natijada barcha yo‘nalishlarda raqamlashtirish yangi bosqichga chiqqanligi e’tirof etildi. Misol tariqasida, bugungi kunda O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar sonining oshganligi, mamlakatda internet qamrovi va tezligi o‘sganligi hamda IT xizmatlarining iqtisodiyot va eksportdagi ulushi ortganligi forum ishtirokchilari e’tiboriga havola qilindi.
Shuningdek, tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida, O‘zbekistonda bojxona xizmatlarini hamda transchegaraviy savdoni raqamlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan islohotlar xalqaro darajada e’tirof etilayotganligi ta’kidlandi. Jumladan, BMTning raqamli va barqaror savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha 2023-yilgi sharhida O‘zbekiston mintaqa davlatlari orasida yetakchi davlat sifatida baholanganligi ma’lum qilindi.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo davlatlarida raqamlashtirish darajasi global pandemiya ta’sirida yanada tezlashganligi hamda barcha mamlakatlarda barqaror rivojlanish maqsadida yangi texnologiyalardan samarali foydalanishga alohida ahamiyat berilayotganligi e’tirof etildi. Shuningdek, forumda mintaqa davlatlari orasida raqamlashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirish inklyuziv va barqaror o‘sishga xizmat qilishi qayd etildi.
Qolaversa, forum ishtirokchilari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining muhokamasi, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va maqsadlar haqida ham xabardor qilindi.
Forum yakunida ishtirokchilar tomonidan Markaziy Osiyo va CAREC ishtirokchi davlatlarining yetakchi aql markazlari o‘rtasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, o‘zaro manfaatli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy tadqidot ishlarini muntazam nashr qilib borish yuzasidan kelishib olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati