• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING MILLIY FORUMIDA: “O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI INSON HUQUQLARI KAFOLATI SIFATIDA

2023 yil 25 oktyabr kuni “Inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat organlarining hamkorligi” mavzuida nodavlat notijorat tashkilotlarining Milliy forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA) va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan mazkur forum Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Adliya vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor davlat organlari va NNTlar hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari yalpi majlisdan so‘ng forum kun tartibidagi masalalarni 2 ta shoʻbaga bo‘lingan holda davom ettirishdi. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi inson huquqlarining kafolati: natija va istiqbollar” mavzuiga bag‘ishlangan birinchi shoʻba “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov moderatorligida olib borildi. Unda 7 ta mavzu bo‘yicha maʼruza qilindi.

Xususan, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini oshirishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, inson huquqlari bo‘yicha Milliy institutlar va nodavlat notijorat tashkilotlarining bolalar huquq va manfaatlarini taʼminlashdagi o‘rni hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit va ijtimoiy integratsiyani amalga oshirishdagi ahamiyatiga oid masalalar ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasida inson huquq va erkinliklari kafolatlari”, “Inson qadri – qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni taʼminlashning bosh mezoni”, “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli” mavzularida maʼruzalar tinglandi.

Yakunda respublikadagi faol NNT vakillari tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, ko‘tarilgan masalalar  muhokama qilindi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati