Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Bishkek shahrida joylashgan Akademiyasida joriy yilning 4-5 noyabr kunlari “Markaziy Osiyo: keng qamrovli xavfsizlik va barqaror taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Farruh Hakimov Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va “5+1” ko‘p tomonlama diplomatik muloqot maydonining ahamiyati haqida maʼruza qildi.
Maʼruzada O‘zbekiston tashabbusi va saʼy-harakatlari bilan so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganligi, davlatlar o‘rtasida do‘stona ruhdagi qulay diplomatik muhit shakllanganligi, xususan, Davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari yo‘lga qo‘yilganligi, shuningdek, mintaqada suvdan foydalanish, chegaralarni kesib o‘tish, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, transport kommunikatsiyalaridan foydalanish kabi masalalarga yechim topilganligi taʼkidlandi.
Darhaqiqat, o‘tgan davr mobaynida Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilgan saʼy-harakatlar natijasida mintaqamiz ulkan imkoniyatlar makoniga aylandi. Qolaversa, O‘zbekiston tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlik va hamjihatlikning mustahkamlanishi asnosida Markaziy Osiyoning xalqaro maydonda yagona subyekt sifatida mavqei ortib borayotganligi kuzatilmoqda.
Bunga misol tariqasida agar o‘tgan yil davomida ilk bor oliy darajadagi “Markaziy Osiyo – Xitoy”, “Markaziy Osiyo – Hindiston”, “Markaziy Osiyo – Rossiya”, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” kabi sammitlar samarali tashkil etilgan bo‘lsa, joriy yilda ham O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev Xitoyning Sian shahrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Xitoy”, Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahridagi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammıtlarida, shunindek, Saudiya Arabistonining Jidda shahrida oliy darajadagi “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo”, Berlin shahrida “Markaziy Osiyo – Germaniya” hamda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH rahbarlarining “S5+1” formatidagi birinchi sammitlarida ishtirok etdi.
Taʼkidlash mumkinki, O‘zbekistonning faol, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosati natijasida nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari bilan ahil qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik mustahkamlanmoqda, balki dunyoning boshqa mintaqalari, xususan Yevropa, Amerika, Kavkaz, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Arab davlatlari, Hind va Tinch okeani mintaqalaridagi davlatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar va strategik hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
O‘zbekistonning joriy yilda Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotlarida raislik qilishi hamda mamlakatda mazkur tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari ishtirokida sammitlarning muvaffaqiyatli tashkil etilganligi O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyati va ko‘p tomonlama diplomatiyasida yangi sahifa ochmoqda.
Muxtasar aytganda, xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichga chiqishi va xorijiy hamkor davlatlar o‘rtasida turli diplomatik va muloqot maydonlarining shakllanayotganligi Markaziy Osiyoning geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyatini oshirganligi hamda bunday sharoitda muvozanatli hamkorlikni taʼminlash muhim hisoblanishi eʼtirof etildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati