“Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillarining Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat safari doirasida Berlin shahrida Fridrix Ebert nomidagi Jamgʻarmaning Sharqiy Yevropa boʻyicha Departamenti rahbari Kristin Linke va Markaziy Osiyo boʻyicha ekspert Sharlotte Ditrix bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Muloqot mavzulari GFRdagi mahalliy hokimiyat, ijroiya va vakillik organlarining faoliyat asoslari, ularning oʻzaro munosabatlari va bir-birini tiyib turish mexanizmlari, shuningdek, siyosiy partiyalarning mahalliy vakillik organlaridagi oʻrni hamda bu sohadagi nemis tajribasini qamrab oldi.
Oʻz navbatida, nemis tomoniga Oʻzbekistonning maʼmuriy tuzilishi, mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati asoslari haqida ham maʼlumot berildi. Mazkur sohadagi soʻnggi oʻzgarishlar, jumladan, qarorlar qabul qilish va ularni nazorat qilishda parlament institutlarining rolini oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi.
Muloqot davomida Fond vakillari Oʻzbekistondagi demokratik islohotlarga, xususan, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish, vakillik demokratiyasi asoslarini mustahkamlashga qaratilgan oʻzgarishlarni eʼtirof etishdi.
Doʻstona ruhda oʻtgan uсhrashuvda nemis tomoni oʻzining oʻzaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Yakunda bu borada amaliy qadamlarni muvofiqlashtirish uchun muntazam aloqalarni saqlab turishga kelishib olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillarining Germaniyaga safari YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori koʻmagida tashkil etilmoqda.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati