• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” VAKILLARI FRANKFURT SHAHRIDAGI ILF INSTITUTIGA BORISHDI

GFRga tashrif davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari Frankfurt-Mayn shahridagi nufuzli oliy oʻquv yurtlaridan biri – ILF (Institute for Law and Finance) institutida boʻlib, u yerdagi taʼlim jarayonlari bilan tanishishdi.

ILF jamoasi oʻzining taniqli bitiruvchilaridan biri, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov delegatsiyasini qarshi olishdan mamnunligini bildirdi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari boshqaruvchi direktor doktor Rolf Fridevald, Dasturlar va marketing boʻlimi boshligʻi Shen-Di Kobbelt hamda Imtihon boʻlimi va ilmiy nashrlar menejeri Alia Rahimzyan xonimlar bilan uchrashdi.

Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻz hamkasblarini ILF faoliyati bilan tanishtirib, uning oʻz ilmiy va kasbiy rivojlanishidagi oʻrnini alohida eʼtirof etdi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari ILF taklif qiladigan akademik muhit haqida toʻliqroq tushunchaga ega boʻlish uchun institutning oʻquv kampusi hamda keng resurslarga ega kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi.

ILF jamoasi turli kasbiy sohalarda jamiyatga hissa qoʻshayotgan bitiruvchilari bilan hamisha faxrlanishi hamda ular bilan davom etayotgan munosabatlarning mustahkamlanishidan mamnunligini bildirdi.
 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati