2023-yilning 20-dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Oʻzbekistonda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻmon Sultonligi Mudofaa vazirligi Milliy mudofaa bilim yurti oʻqituvchi va tinglovchilaridan iborat delegatsiya uchun “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlimi boshligʻi Farrux Hakimov “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida kelgusi yetti yilda mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan beshta ustuvor yoʻnalish va yuzta aniq maqsadlar belgilanganligini taʼkidlab oʻtdi.
Xususan, taqdimotda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining beshinchi — “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishi doirasida amalga oshiriladigan muhim maqsad va vazifalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, kelgusi yetti yilda Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish, Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirish, Yaqin va Oʻrta Sharq mintaqasidagi mamlakatlar bilan mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, yangi va istiqbolli yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, keng mintaqalarni bogʻlovchi va Oʻzbekistonni jahon bozoriga chiqishiga imkon yaratuvchi transport-logistika yoʻlaklarini shakllantirish, qolaversa, Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan aniq maqsadlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, mazkur Strategiyaning amalga oshirilishi Oʻzbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan roli va oʻrnini oshirish, xalq farovonligi, tinchligi, demokratiya va inson huquqlari kafolatini taʼminlaydigan erkin jamiyat va adolatli davlat qurishga hamda mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirib, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Tadbir yakunida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi hamda Oʻzbekiston va Oʻmon oʻrtasidagi doʻstona aloqalar rivoji haqida ham soʻz bordi. Oʻz navbatida, Oʻmon Sultonligi Mudofaa vazirligi Milliy mudofaa bilim yurti vakillari “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mamlakat rivoji va istiqboli uchun muhim hujjat ekanligini taʼkidlashdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati