2023-yilning 22-dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Oʻzbekistondagi Huquqiy islohotlar dasturi hamkorligida “Oʻzbekistonning migratsiya siyosatini gender jihatlarni inobatga olgan holda takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqot natijalariga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda akademik hamjamiyat, davlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, soha ekspertlari ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida Oʻzbekistonda migratsiya boʻyicha olib borilgan tadqiqot natijalari muhokama qilindi. Xususan, migratsiya masalalariga oid xalqaro hujjatlarda gender jihatlarni inobatga olish prinsipi, migrantlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston milliy qonunchiligi, mamlakatda ekologik, mehnat va taʼlim migratsiyasining gender jihatlari, shuningdek, migratsiya siyosatini monitoring qilish mexanizmi masalalari koʻrib chiqildi.
Taʼkidlandiki, tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekistonning migratsiya siyosatini yanada takomillashtirishda migratsiya jarayonlariga taʼsir etuvchi barcha xavf va omillarni inobatga olish muhim. Bunda migrantlarning himoyaga muhtoj toifalariga, shu jumladan, xotin-qizlarga alohida eʼtibor qaratish lozimligi tilga olindi. Chunki tizimning samaradorligi unda himoyaga muhtoj guruhlarning qay darajada himoyalanganligiga qarab belgilanadi.
Tadbir yakunida mazkur tadqiqot natijalari tahlilidan kelib chiqqan holda, mamlakatda migratsiya siyosatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati