Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining 2023-yil yakunlariga bagʻishlangan yillik hisobot uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Kengash aʼzosi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi eksperti Avazbek Xalbekov ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida, kengash aʼzolari Jazoni ijro etish departamenti faoliyati, u yerdagi sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Shundan soʻng tizimda amalga oshirilgan ishlar va sohaga oid islohotlar haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Yigʻilishda Jamoatchilik kengashi raisi oʻtgan yil davomida Ichki ishlar vazirligi tizimida amalga oshirilgan ishlar, oʻtkazilgan tadbirlar boʻyicha oʻz fikrlarini aytib oʻtdi. Muloqot davomida Kengash faoliyatini yanada rivojlantirishga oid bildirilgan taklif-mulohazalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda Avazbek Xalbekov soʻzga chiqib “Taraqqiyot strategiyasi” markazi davlat organlari va xalq oʻrtasidagi ochiq muloqotni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda oʻziga xos zamonaviy media maydon vazifasini oʻtaydigan aql markazi sifatida faoliyat yuritishini taʼkidladi. Shu bilan birga, kelgusi 7-yilda Oʻzbekistonning asosiy rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjat – “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish doirasida 100 ta maqsad hamda maqsadli koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlar aks ettirilgan “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi” toʻplami bilan tanishtirdi.
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida aks etgan inson huquq va erkinliklari bilan bogʻliq oʻzgarishlar haqida qisqacha maʼlumotlar berildi. Yakunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va Jazoni ijro etish departamenti rahbariyatiga Markazimiz tomonidan tayyorlangan “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi” toʻplami topshirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati