2024-yilning 8-fevral kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasida belgilanayotgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati yuzasidan keng jamoatchilik muhokamasini oʻtkazdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari, siyosiy partiyalar, respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining 300 nafardan ortiq vakillari ishtirok etishdi.
Jamoatchilik muhokamasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi atroflicha muhokama qilindi.
Dastlab “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov 2024-yilgi Davlat dasturi loyihasining mazmun-mohiyati va unda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar, ularning ijrosini taʼminlashda NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini taʼminlash, aholi tomonidan kelib tushayotgan takliflarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Soʻngra Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi Kamoliddin Ishanxodjayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi Shuxrat Bafayevlar Davlat dasturi loyihasi haqida oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Shundan soʻng Davlat dasturi loyihasining beshta yoʻnalishida belgilanayotgan vazifalar toʻgʻrisida hamda ayni kunga qadar “Taraqqiyot strategiyasi” markazining maxsus uzbekistan2030.uz portali hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali keng jamoatchilikdan kelib tushgan konseptual takliflar soha va tarmoqlar kesimida ekspertlar ishtirokida tahlil qilindi.
Taʼkidlandiki, eng koʻp takliflar davlat dasturining birinchi – “Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yoʻnalishi doirasida koʻzda tutilayotgan chora-tadbirlar, xususan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, xotin-qizlar, yoshlar masalalariga oid tashabbuslar yuzasidan kelib tushmoqda.
Shuningdek, bildirilayotgan takliflar koʻlamidan jamoatchilikni Prezident Farmoni loyihasining 4-bandi, yaʼni “Yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shugʻullanishga qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish”ga qaratilgan choralar qiziqtirayotganini koʻrish mumkin. Jumladan, fuqarolar hujjat loyihasida koʻzda tutilayotgan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar hajmini oshirish masalasini qoʻllab-quvvatlagan holda ularni ajratish mexanizmlarini takomillashtirish lozimligi haqida oʻz takliflarini ilgari surmoqda.
Muhokamalar davomida ishtirokchilar tomonidan ham konseptual taklif va tashabbuslar bildirildi. Ular umumlashtirilib, Farmon va davlat dasturi loyihasining tegishli bandlarida aks ettirish uchun koʻrib chiqilishi maʼlum qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati