2024-yilga moʻljallangan “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi. Hujjat loyihasi joriy yilning 1-15-fevral kunlari keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkazildi.
Jamoatchilik muhokamasi uzbekistan2030.uz, regulation.gov.uz veb-portallari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirildi.
Bu yil Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalarida bildirilgan fikr-munosabatlar va takliflar 2023-yilga nisbatan qariyb 4 barobarga koʻpayib, 30 mingtani tashkil etdi.
Ahamiyatlisi, jamoatchilik muhokamalarida xorijdagi vatandoshlarimiz ham faol qatnashishdi. Muhokamalar doirasida bio, nano-tibbiy texnologiyalar, tibbiy sugʻurta, davolash standartlari, sud tizimi, tirbandlik, davlat xaridlari, boyaga yetmagan shaxslar bilan ishlash kabi yoʻnalishlar boʻyicha 50 ga yaqin takliflar bildirildi.
Natijalarga koʻra, Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalari davomida ilgari surilgan tashabbus va fikr-mulohazalar asosida 100 ga yaqin konseptual hamda 1000 dan ziyod aniqlik kirituvchi va tahririy takliflar Davlat dasturida aks ettirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati