• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI RAHBARI 27-YEVROOSIYO IQTISODIY SAMMITIDA MAʼRUZA QILDI

Joriy yilning 21-22-fevral kunlari Istanbul shahrida Turkiyaning “Marmara Group” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi tomonidan 27-Yevroosiyo iqtisodiy sammiti tashkil etildi. Sammitda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “Oʻzbekiston – 2030» strategiyasida iqtisodiy sohada belgilangan ustuvor maqsad va vazifalarga bagʻishlangan maʼruza bilan chiqish qildi.

Jumladan, maʼruzada “Oʻzbekiston – 2030» strategiyasining “Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash” – ustuvor yoʻnalishida kelgusi yetti yilda milliy iqtisodiyot hajmini ikki barobar oshirish va “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy rivojlanishni zarur darajadagi energetika, suv va infratuzilma resurslari bilan taʼminlash, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish kabi qator strategik maqsadlar belgilanganligi taʼkidlandi.

Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinadigan Yevroosiyo iqtisodiy sammitida 40 dan ortiq mamlakatlardan 300 ga yaqin siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar, akademik doira va tahlil markazlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Sammit doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi va tadbirda ishtirok etayotgan xalqaro darajadagi tashkilotlar hamda dunyoning yetakchi “aql markazlari” oʻrtasida amaliy natijalarga boy boʻlgan bir qator uchrashuv va muloqotlar oʻtkazilib, kelgusida oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati