Joriy yilning 26-fevral kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Jahon banki va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va Taraqqiyot vazirligi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab” tadqiqoti natijalari: yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga oʻtish” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbatini tashkil etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Parlamenti, vazirlik va idoralar, shuningdek, tegishli xalqaro tashkilotlar, aql markazlari mutaxassislari, xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻzining kirish soʻzida Jahon banki tomonidan 6-yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi bugungi kunda mamlakatimizda islohotlarning fuqarolar hayotida qanchalik aks etayotganini oʻrganib borayotgan tadqiqotlardan biri ekanligini taʼkidladi. Loyihaning asosiy maqsadi – tadqiqot natijalari asosida sifatli va aniq manzilga yoʻnaltirilgan siyosiy qarorlar qabul qilinishini taʼminlashga koʻmaklashish va tegishli chora- tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish hisoblanishini aytib oʻtdi.
Shuningdek, yashil iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolga moʻljallangan chora-tadbirlar xususida toʻxtaldi.
- Oxirgi 7-yil mobaynida mamlakatimizda sugʻoriladigan yerlarning toʻrtdan bir qismini tashkil etadigan 1 million gektardan ortiq maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi.
2023-yilning oʻzida yurtimizda 50 ming xonadon va tadbirkorlar tomonidan quyosh panellari oʻrnatildi.
Hozirda 9 gigavattli 22 ta quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish loyihalari ustida jadal ishlanmoqda.
Shuningdek, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasiga asosan mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 2030-yilga qadar jami isteʼmoldagi ulushini 40 foizga yetkazish koʻzda tutilmoqda, – deya taʼkidladi Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov.
Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Boriy Alixanov oʻzining maʼruzasida yashil iqtisodiyotga oʻtish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xalqaro va milliy darajada qabul qilingan strategiyalar va qonunlarning oʻrni muhimligini aytib oʻtdi.
Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli 2030-yilga borib mamlakatda kamida 8 million kishi iqlimi yuqori xavfdagi hududlarda istiqomat qilishini taʼkidladi. Uning aytishicha iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarisiz, 2050-yilga kelib milliy iqtisodiyot iqlim oʻzgarishi taʼsirisiz rivojlangandagi holatidan 10 foizga kichikroq boʻladi. Bu bandlik va uy xoʻjaliklari daromadining sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi.
- Jahon banki iqlim oʻzgarishiga moslashish va mamlakatning yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonini tezlashtirish boʻyicha siyosatni ishlab chiqish va aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishda hukumatga moliyaviy va tahliliy yordam koʻrsatadi. Bu chora-tadbirlar turli sohalarda suv va energiya resurslarini tejash, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi, – dedi Marko Mantovanelli.
Shundan soʻng tadbir ishtirokchilarini Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi katta iqtisodchisi Ikuko Uochi “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab” tadqiqotining soʻnggi natijalari bilan tanishtirdi.
Mazkur tadqiqot soʻrovnomasida mamlakat boʻylab qishloq va shaharlardagi 1500 ga yaqin uy xoʻjaliklari, 600 dan ortiq mahalla fuqarolar yigʻinlari yetakchilari ishtirok etadi. Tadqiqot davomida toʻplangan maʼlumotlardan hukumat tomonidan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, kambagʻallikni qisqartirish va fuqarolar farovonligini oshirish yoʻlidagi tashabbuslar boʻyicha qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.
Tadbirning ikkinchi qismidan oʻrin olgan yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga oʻtish mavzusidagi muhokamalar ham Oʻzbekiston uchun nafaqat dolzarb, balki strategik ahamiyatga ega boʻlgan masalalarni qamrab oldi.
Davra suhbati davomida “Oʻzbekiston yashil iqtisodiyotga oʻtishni qanday tezlashtirishi mumkin?” degan savolga Jahon banki, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va Taraqqiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Global yashil oʻsish institutining ekspertlari va tajribali mutaxassislari oʻz fikr va mulohazalarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati